O‘zbekiston karlar sport federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu konferensiya kun tartibidan bir qator muhim masalalar o‘rin oldi.  

Jumladan, federatsiyaning yangi talqindagi nizomini tasdiqlash, ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, rahbariyatning yangi tarkibi saylanishi kabi masalalar muhokamaga qo‘yildi.  

Dastlab federatsiyaning shu kunga qadar amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida hisobot eshitilib, taekvondo, shaxmat va futbol yo‘nalishlarida erishilgan yutuqlar e’tirof etildi.  

Shu o‘rinda federatsiyani rivojlantirish maqsadida Ustavni zamon talablari va yangi qonunchilik hujjatlariga to‘liq muvofiqlashtirish lozimligi ta’kidlandi.  

Kun tartibidagi asosiy masalalardan yana biri rahbariyatning yangi tarkibi saylanishi bo‘ldi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasini tashkil etish bo‘yicha maxsus topshirig‘iga asosan Husniddin Qutbiddinov Karlar sport federatsiyasining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.  

Delegatlarning taklifi va ovoz berishi natijasida Ijtimoiy inspeksiya boshlig‘i va O‘KSF o‘rinbosari Husniddin Qutbiddinov federatsiya rahbarligiga saylandi.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2pLA3__VsaU" title="Oʻzbekiston karlar sport federatsiyasiga yangi rahbar saylandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Federatsiya raisi lavozimida faoliyat yuritgan Dilbar Karimovaga federatsiyaning rivojiga qo‘shgan hissasi va bu boradagi ko‘p yillik mehnatlari uchun tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.   

Karlar sport federatsiyasi mas’ullari, murabbiy va sportchilar ishtirok etgan tadbir so‘ngida kelgusidagi rejalar bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.   

N.Rahmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston karlar sport federatsiyasiga yangi rahbar saylandi (+video)