Bugungi kunda mamlakatimiz jahon siyosati markazlaridan biriga aylanib, o‘nlab global tashabbuslarni ilgari surmoqda. O‘zbekiston dunyoning 130 dan ortiq davlati bilan diplomatik aloqa o‘rnatgan, xorijiy o‘lkalar va xalqaro tuzilmalarda 59 ta diplomatik va konsullik vakolatxonamiz mavjud.

Yurtimiz 100 dan ziyod xalqaro tashkilot a’zosi sifatida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirmoqda. Zero, bugungi davr aynan shunday siyosatni izchillik bilan davom ettirishni taqozo etmoqda.

Xususan, Ko‘rfaz arab davlatlari bilan aloqalarimizga nazar solsak, so‘nggi yillarda ko‘plab yutuqlarga erishilganini ko‘rish mumkin.

Shu yil bahorda – 15 aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuviда O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Bahrayn, Qatar, Quvayt, BAA, Ummon va Saudiya Arabistoni vakillari ishtirok etdi. Anjumanga faxriy mehmon sifatida Ozarbayjon TIV rahbari Jayxun Bayramov ham taklif etildi.

Mazkur yig‘inda siyosat, xavfsizlik, savdo va investitsiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar va sport sohalaridagi munosabatlarning joriy holati va istiqboli muhokama qilindi.

Tadbir doirasida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saudni qabul qildi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Saudiya munosabatlari va keng ko‘lamli sheriklik munosabatini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi, o‘zaro savdo hajmi, qo‘shma korxonalar va havo orqali qatnov soni oshib borayotgani qayd etildi.

“Yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, IT kabi ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilayotgani e’tirof etildi.

Tomonlar bo‘lajak tadbirlar, jumladan 2025 yil “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” muloqoti ikkinchi sammitiga puxta tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yil 4 iyun kuni O‘zbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyanni qabul qilib, “ACWA Power” bilan samarali sheriklik yo‘lga qo‘yilganini mamnuniyat bilan ta’kidladi. Ushbu kompaniyaning mamlakatimiz energetika tarmog‘ini “yashil” texnologiya asosida modernizatsiya qilishdagi yetakchi o‘rni qayd etildi.

Saudiya kompaniyalari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalasi, jumladan qo‘shma investitsiya loyihalarining borishi ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda joriy va istiqbolli loyihalar umumiy qiymati 17 milliard dollardan oshgani, ishbilarmonlar kengashi faoliyati doirasida Saudiyadan yangi kompaniyalarni mamlakatimizga jalb qilish bo‘yicha faol ishlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Aeroportlar infratuzilmasini takomillashtirish, energetikani rivojlantirish va raqamlashtirish, issiqlik ta’minoti tarmog‘ini modernizatsiya qilish, chiqindini qayta ishlash, farmatsevtika va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, tibbiy klinikalar ochish, turizm markazlari tashkil etish, qishloq xo‘jaligida yangi tashabbuslarni ilgari surish yo‘nalishlariga doir qo‘shma loyihalarni jadallashtirish zarurligi tasdiqlandi.

Joriy yil 25-26 sentyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilari kengashi to‘qqizinchi yillik yig‘ilishi doirasida mamlakatimiz yetakchisi Shavkat Mirziyoyev “ACWA Power” kompaniyasi rahbari Muhammad Abunayyan bilan yana bir bor uchrashdi. Mazkur jamoa bilan birgalikda hozirga qadar jami qariyb 3 milliard dollarlik 4 ta loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgani, joriy loyihalar portfeli 15 milliard dollarni tashkil etayotgani ta’kidlandi.

Bundan tashqari qator qo‘shma loyihalarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi: Buxoro viloyatida quvvati 500 megavatt 2 ta shamol elektr stansiyasi tarmoqqa ulandi, Samarqand viloyatida 1 gigavattli 2 ta quyosh elektr stansiyasi va Toshkent viloyatida 334 megavatt quvvatga ega energiya saqlash tizimi qurilishiga start berildi.

Uchrashuvda energetika, transport va kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi doirasida mamlakatimizga kelgan Qatar Davlati Bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy bilan uchrashganda ikki tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida yanada kengaytirishga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Prezidentimiz siyosiy muloqot jadal tus olgani, o‘zaro savdo va investitsiya hajmi faol oshayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan samarali mexanizmlarni tezroq yaratish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekiston – Qatar munosabatlarida iqtisodiy hamkorlik muhim o‘rin tutadi. Umuman, mamlakatimiz Qatarni Yaqin Sharqdagi istiqbolli iqtisodiy hamkor sifatida e’tirof etadi. Eng asosiysi, har ikki davlat o‘zaro aloqalarning foydalanilmagan ulkan salohiyatiga ega.

Qatarning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Madaniy-gumanitar tadbirlar o‘tkazilmoqda. 2024 yil 20-26 fevral kunlari Doha shahrida “O‘zbekiston madaniyati, turizmi va hunarmandligi” kunlari muvaffaqiyat bilan o‘tkazildi. 11-14 oktyabr kunlari Toshkentda “Qatar madaniyati, hunarmandligi va milliy taomlari haftaligi” bo‘lib o‘tdi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashga ustuvor ahamiyat qaratilib, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va cheklash borasida ulkan ishlar qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yil 1 oktyabrda Dohaga tashrifi doirasida O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi hamda Qatar Ma’muriy nazorat va shaffoflik departamenti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi. Ushbu hujjat tizimli hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.

Mamlakatimizda Qatar Amiri tashabbusi bilan ta’sis etilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashdagi ulkan yutuqlari uchun” global mukofotini topshirish marosimi o‘tkazilgani Prezidentimiz boshchiligida ayni yo‘nalishda korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilgan ulkan ishlar, barcha sohalarda olib borilayotgan tizimli islohotlarning yorqin ifodasi, deyish mumkin.

O‘zbekiston Prezidenti va Qatar amiri Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monumentni ochib berdi. Qo‘l ko‘rinishida kompozitsiya halollik, pok amal va niyatlarni, korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni, dunyoning barcha mamlakatlarini unga qarshi kurashishda birlashishga chaqiriqni anglatadi.

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlari ikkinchi uchrashuvi doirasida mamlakatimizga kelgan O‘mon tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad Al-Busaydiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi salohiyatni samarali amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan qo‘shma investitsiya kompaniyasining loyihalar portfelini kengaytirish muhim ekani qayd etildi.

Bank sektorini rivojlantirish, raqamli texnologiyalar, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim kabi ustuvor yo‘nalishlarda yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish taklifi bildirildi.

Tomonlar aloqalarni faollashtirish, siyosiy maslahatlashuv, hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari, biznes forumlari va ko‘rgazmalarni muntazam o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Kuvayt tashqi ishlar vaziri Abdulla Al-Yahyo bilan siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

O‘zaro tashriflarni faollashtirish, madaniy va turizm almashinuviga oid dasturlarni amalga oshirish, yetakchi kompaniyalar ishtirokida, jumladan, Arab iqtisodiy taraqqiyot fondi bilan yaqin hamkorlik doirasida hamda Kuvayt investitsiya agentligi bilan samarali sheriklikni yo‘lga qo‘yish orqali ustuvor tarmoqlarda loyihalar ilgari surishga kelishildi.

Yaqin fursatda ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuv, qo‘shma hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi va biznes forumini o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Prezident Bahrayn Podshohligi tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid Al-Zayaniy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Muloqotda tomonlar ko‘p qirrali sheriklikni rivojlantirish va kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Siyosiy muloqotni faollashtirish hamda siyosiy maslahatlashuv mexanizmini tez fursatda ishga tushirish muhimligi qayd etildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik, bank-moliya, avtomobil va temir yo‘llar qurilishi, energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish kabi ustuvor yo‘nalishlardagi dastur, loyihalar ilgari surish uchun salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.

Xalqaro kun tartibi, jumladan xavfsizlikka zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish yuzasidan ham fikr almashildi.

Shavkat Mirziyoyev BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl Al-Mazruiy bilan ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalasini atroflicha ko‘rib chiqdi.

Tomonlar ko‘p qirrali hamkorlik doirasida o‘zaro tovar ayirboshlash barqaror o‘sib borayotganini qayd etdi. O‘zbekistonda Amirliklar sarmoyasi ishtirokida 300 dan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda. Qo‘shma loyihalar umumiy qiymati 4 milliard dollardan oshgan.

“Yashil” energetika, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, transport va kommunikatsiya kabi tarmoqlarda istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

Transafg‘on temir yo‘li texnik loyihasini tayyorlash va qurilishni boshlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

BAA yetakchi kompaniyalari ishtirokida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar 20 milliard dollarga teng.

“Yashil” energetika ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishidir. 13 dekabr kuni Navoiy viloyatida quvvati 500 megavatt bo‘lgan shamol stansiyasi ishga tushirildi – bu loyiha “Masdar” kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.

Umuman, ushbu kompaniya ishtirokida so‘nggi yillarda mamlakatimizda umumiy quvvati 1,5 gigavatt bo‘lgan elektr energiyasi ishlab chiqarish ob’ektlari ishga tushirildi.

Energetika, neft-gaz va kimyo tarmoqlari, tog‘-kon sanoati, suv ta’minoti, maishiy chiqindini qayta ishlash va boshqa yo‘nalishlarda yirik investitsiya loyihalarini tez fursatda tayyorlash va amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Barcha sohalarda hamkorlikni jadal rivojlantirish mamlakatimiz uchun juda muhim hisoblanadi. Ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash miqdori oxirgi besh yil ichida qariyb uch barobar o‘sib, o‘tgan yil 600 million dollarga yetdi. BAAning yurtimizdagi investitsiya portfeli 12 milliard dollardan oshib, qiymati yana 10 milliard dollarga teng loyihalar faol ishlab chiqilmoqda.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi davlat xizmatini takomillashtirish, boshqaruv xodimlari faoliyatini baholash, tizimni raqamlashtirish bo‘yicha ham samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yil 27 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning BAA Bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa vaziri, Dubay Amirligi valiahdi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvida ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish, iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni ilgari surish, mudofaa sohasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

BAA tomonidan hukumat ishlari vaziri Muhammad bin Abdulloh Al-Gergaviy, energetika va infratuzilma vaziri Suhayl bin Muhammad Al-Mazruiy, iqtisodiyot vaziri Abdulloh bin Tuq Al-Marriy, sun’iy intellekt masalalari va raqamli iqtisodiyot bo‘yicha davlat vaziri Umar bin Sulton Al-Olama ham қатнашган uchrashuvda investitsiya, innovatsion rivojlanish, “yashil” energetika, infratuzilma, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, raqamli transformatsiya, turizm va boshqa muhim yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi uzoq muddatli kun tartibini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim bin Muhammad Al-Budayviyni qabul qilganda mintaqalar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi sur’atidan mamnunligini bildirdi hamda Toshkent shahrida o‘tgan tashqi ishlar vazirlari ikkinchi uchrashuvining samarali yakunlarini yuqori baholadi.

2025 yil Samarqandda o‘tadigan ikkinchi sammit kun tartibini tayyorlash bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Shu o‘rinda Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023 yil 19 iyul kuni Saudiya Arabistoni Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi yetakchilarining birinchi sammitida ishtirok etib, Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surganini ta’kidlash o‘rinli.

Kun tartibiga muvofiq, konstruktiv siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Prezidentimiz o‘z nutqida Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz mintaqasi xalqlari o‘rtasidagi munosabatlar tarixi uzoqligi, yaqin savdo aloqalari, mushtarak qadriyat va an’analar, muqaddas islom dinimiz aloqalar asosini tashkil etishiga urg‘u berdi.

Hozirgi vaziyatga baho berar ekan, mamlakatimiz yetakchisi bugungi xavf-xatarlarga qaramay, ikkala mintaqa ham tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot makoni bo‘lib kelayotganini ta’kidladi. Ayni payt Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz davlatlari bir-birlariga ishonchli va uzoq muddatli hamkor sifatida qaramoqda.

O‘zbekiston tomonidan investitsiya, savdo, yuqori texnologiyalar, turizm yo‘nalishlarida ilgari surilgan tashabbus va takliflarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Keyingi yillarda O‘zbekistonning Ko‘rfaz mamlakatlari bilan aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Darvoqe, 1981 yil 25 mayda tashkil etilgan mazkur mintaqaviy tashkilotga Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Kuvayt, Qatar, Ummon va Bahrayn kiradi. Ushbu davlatlar uglevodorodlar yetkazib beruvchi yetakchi mintaqa va nufuzli jahon moliya markazi hisoblanadi.

Tashkilotning asosiy maqsadi – siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik va integratsiya jarayonini muvofiqlashtirish, ya’ni iqtisodiy va moliyaviy masalalar, ta’lim va madaniyat, ijtimoiy va sog‘liqni saqlash, ommaviy axborot vositalari, turizm, qonunchilik, boshqaruv tizimi kabi sohalarni tartibga solishdan iborat. Kengash, shuningdek, sanoat, qishloq xo‘jaligi va suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy, texnologik taraqqiyotni rag‘batlantiradi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston jahon siyosatida global tashabbuslarni ilgari surmoqda