Koreya ixtirochi ayollari assotsiatsiyasi (KWIA) va Koreya intellektual mulk ofici (KIPO) tomonidan Koreya Xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi – "KIWIE- 2025" o‘tkazildi.

Ushbu ko‘rgazma ixtirochi ayollarning fan va texnologiya sohasida erishayotgan yutuqlari, tajribalari va yaratgan yangi texnologiyalarini o‘rganish hamda rag‘batlantirish maqsadida  tashkil etib kelinmoqda.  

"KIWIE-2025" ko‘rgazmasida 30 dan ziyod mamlakatlarning 350 dan ortiq olima, ixtirochi va tadbirkor xotin-qizlari texnika, texnologiya, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, yengil sanoat, kimyo va sanoatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z ixtirolari hamda innovatsion ishlanmalari bilan ishtirok etdi.  

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tavsiyasiga asosan mamlakatimiz olima ayollari ham o‘z ixtirolari bilan Koreyada o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazma, tanlov, forum va seminarlarda faol ishtirok etdi.  

"KIWIE-2025"da ishtirok etgan O‘zbekiston olima ayollari delegatsiyasi a’zolari ilm-fanda erishgan natijalari bilan innovatsion mahsulotlarini namoyish qildi. Bu natijalar ko‘rgazmada qatnashayotgan turli davlat vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, xalqaro ekspertlar tomonidan ham alohida e’tirof etildi.  

"KIWIE-2025" xalqaro ko‘rgazmasi doirasida tashkil qilingan tanlovda ishtirok etgan O‘zbekiston olima ayollari qishloq xo‘jaligi, texnika, texnologiya, tibbiyot, oziq-ovqat, kimyo yo‘nalishlari bo‘yicha 6 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.  

Shuningdek, “KIWIE-2025”da ishtirok etgan xalqaro tashkilotlarning rahbarlari va ekspertlar tomonidan mamlakatimiz olimalarining kuyidagi 5 ta ixtirosi oltin medal va maxsus sovrinlar bilan taqdirlandi. Jumladan, Tailand innovatsiyalar va ixtirolarni ilgari surish assotsiyatsiyasi tomonidan Toshkent davlat texnika universiteti professori Paraxat Matyakubova va Namangan texnika universiteti professori Maxpuza Yusupova oltin medal, Toshkent davlat agrar universiteti professori Ra’no Yo‘ldosheva maxsus sovrin bilan taqdirlandi.  

Jumladan, Xitoy Ixtirochilar assotsiatsiyasi tomonidan Jizzax pedagogika universiteti professori Zuhra Yaxshiyeva oltin medal va Koreya sanoat texnologiyalari assotsiatsiyasi tomonidan Toshkent davlat agrar universiteti professori Go‘zal Xolmurodova maxsus sovrin bilan taqdirlandi.  

O‘zbekistonlik olima ayollardan iborat delegatsiya koreyalik tadbirkorlar bilan yaqindan muloqotda bo‘ldi. Koreya Ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan seminar va davra suhbatlarida ishtirok etdi.  

Shuningdek, O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Alisher Abdusalomov bilan O‘zbekiston olima ayollari uchrashuvi elchixonada o‘tkazildi.  

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston ixtirochi ayollari Koreyada o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmada oltin medallarni qo‘lga kiritdi