Özbekiston – Iordaniya: Mintaqalararo şeriklikni mustahkamlaş yölidagi bardavom qadam
Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida davlatlar örtasidagi şeriklikning mazmuni tobora kengayib, siyosiy-diplomatik muloqot iqtisodiy hamkorlik, investitsiya, texnologiya taraqqiyoti, transport zanjiri va madaniy-gumanitar aloqalar bilan uzviy boğlanmoqda. Ayniqsa, geosiyosiy va geoiqtisodiy jarayon murakkablaşayotgan bugungi şaroitda turli mintaqalar örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş xalqaro barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyotning muhim şartiga aylanmoqda.
Şu nuqtai nazardan Özbekistonning Yaqin Şarq mamlakatlari bilan munosabatni yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan taşqi siyosati alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Sönggi yillarda mamlakatimiz Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Arab Amirliklari, Qatar, Ömon va boşqa arab davlatlari bilan siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar aloqalarni izçil rivojlantirmoqda. Bu jarayonda Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi bilan hamkorlik jadallaşuvi Özbekiston diplomatiyasida yangi istiqbolli yönaliş şakllanayotganini körsatmoqda.
Xabar berilganidek, Prezidentimiz Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn taklifiga binoan uşbu mamlakatga davlat taşrifini amalga oşirmoqda. Bu voqea ikki tomonlama munosabatni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarişga xizmat qilişi şubhasiz.
Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti dotsenti Aziza Abduxalilova mazkur taşrif va Özbekiston va Iordaniya örtasidagi aloqalar, hamkorlik yönalişlari xususida fikr yuritadi.

– Geosiyosiy tebraniş şaroitida Iordaniya Özbekiston uçun Yaqin Şarq mintaqasidagi muhim siyosiy va iqtisodiy şeriklardan biri hisoblanadi. Mamlakatning geografik joylaşuvi, arab dunyosidagi diplomatik aloqalari, xalqaro xavfsizlik masalalaridagi iştiroki va savdo-iqtisodiy imkoniyatlari Özbekiston bilan köp qirrali hamkorlikni rivojlantiriş uçun qulay şaroit yaratmoqda.
Mazkur taşrif siyosiy jihatdan özaro döstona munosabatni yanada mustahkamlab, Markaziy Osiyo va Yaqin Şarq örtasida iqtisodiy, transport, xavfsizlik hamda ilmiy-madaniy hamkorlikning yangi imkoniyatlarini yuzaga çiqarişi mumkin.
Taşrif dasturiga muvofiq, Ammon şahrida oliy darajadagi muzokaralar, rasmiy va işbilarmon doiralar vakillari iştirokidagi biznes-forum hamda boşqa tadbirlar ötkazilişi belgilangan. Asosiy yönalişlar sifatida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalar, töqimaçilik, toğ-kon va kimyo sanoati, qişloq xöjaligi, farmatsevtika, turizm hamda madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari körsatilgan.
Iordaniya iqtisodiyoti sanoat, farmatsevtika, kimyo, xizmatlar, turizm va xalqaro savdoga ixtisoslaşgan, Özbekiston esa yirik içki bozor, rivojlanayotgan sanoat tarmoği, qişloq xöjaligi salohiyati, mineral resurslar hamda Markaziy Osiyoning transport-geografik markazidagi joylaşuvi bilan ajralib turadi. Mazkur imkoniyatlar uyğunlaşuvi qöşma işlab çiqariş, texnologiya almaşinuvi, sanoat kooperatsiyasi va uçinçi mamlakatlar bozoriga birgalikda çiqiş uçun muhim asos yaratadi.
Qayd etiş joiz, Özbekiston va Iordaniya iqtisodiy hamkorligining eng istiqbolli yönalişlaridan biri sanoat kooperatsiyasi hisoblanib, birinçi navbatda töqimaçilik va tayyor kiyim-keçak sanoatida keng imkoniyat mavjud.
Özbekiston paxta xom aşyosini çuqur qayta işlaş, töqimaçilik mahsulotlari va tayyor kiyim-keçak işlab çiqariş böyiça ulkan salohiyatga ega. Iordaniya esa xalqaro yengil sanoat işlab çiqariş zanjiri, jumladan AQŞ bozoriga yönaltirilgan tayyor kiyim-keçak işlab çiqarişda boy tajribaga ega.
Eʼtiborli jihati şundaki, qöşma korxonalar taşkil etiş orqali Iordaniyaning mavjud savdo aloqalaridan foydalaniş imkoniyati bor. Faqat uçinçi mamlakatlarga imtiyozli eksport qiliş uçun mahsulotning kelib çiqiş qoidasi va tegişli savdo bitimi talabiga qatʼiy rioya etiş zarur.
Yana bir istiqbolli yönaliş toğ-kon va kimyo sanoatidir. Iordaniya fosfat resurslari va mineral öğit işlab çiqariş tajribasiga ega. Özbekiston esa toğ-kon, kimyo va qayta işlaş sanoatini modernizatsiya qilişga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Iordaniya farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqariş va eksport qiliş böyiça xalqaro tajribaga ega. Özbekiston uçun esa farmatsevtika sanoatini rivojlantiriş, dori vositalari işlab çiqarişni mahalliylaştiriş va zamonaviy tibbiy texnologiyani joriy etiş ustuvor vazifa.
Munosabatlar istiqbolini faqat ikki tomonlama hamkorlik doirasida baholaş yetarli emas. Mazkur aloqalar Markaziy Osiyo va Yaqin Şarq örtasidagi kengroq siyosiy hamda iqtisodiy boğliqlik nuqtai nazaridan ham muhim.
Mintaqalar aro munosabatda ikki mamlakatning örni beqiyos. Maʼlumki, Özbekiston Markaziy Osiyoning yirik iqtisodiy va demografik salohiyatiga ega davlatlaridan biri sifatida mintaqaviy savdo, transport, investitsiya va sanoat kooperatsiyasi jarayonida faol iştirok etmoqda. Iordaniya esa Yaqin Şarqning muhim diplomatik markazlaridan biri bölib, arab davlatlari, Yevropa va boşqa xalqaro şeriklar bilan rivojlangan aloqalarga ega.
Özbekistonning sanoat va qişloq xöjaligi mahsulotlarini Iordaniya bozoriga yetkazib beriş bilan birga, Iordaniya kompaniyalari orqali uçinçi mamlakatlar bozoriga çiqiş imkoniyatini örganiş istiqbolli. Şuningdek, özaro suv diplomatiyasi, iqlimga moslaşuv, oziq-ovqat xavfsizligi, raqamli texnologiya hamda xalqaro xavfsizlik böyiça tajriba almaşiş Markaziy Osiyo va Yaqin Şarqning umumiy muammolariga amaliy yeçimlar işlab çiqişga xizmat qiladi.
Şu maʼnoda Prezident Şavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat taşrifi Özbekiston-Iordaniya munosabatlarida yangi sahifa oçib, Markaziy Osiyo va Yaqin Şarq örtasida barqaror, pragmatik va özaro manfaatli şeriklikning yangi imkoniyatlarini yuzaga çiqarişi kutilyapti.
Gözal Sattorova, ÖzA