Turli darajadagi anjumanlarda biz O‘zbekiston cheksiz imkoniyatlar mamlakati, degan iborani ishlatishga ko‘nikib qolganmiz. Bu haq gap. Aslida ham shunday. 1939 yilda Katta Farg‘ona kanali bugungi Qirg‘iziston chegarasiga tutash Norin daryosidan boshlab qazilgan. Mana, oradan 80 yildan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, Katta Farg‘ona kanalidan biz faqat mamlakat qishloq xo‘jaligi uchun, ekinlarni sug‘orish maqsadida foydalandik, xolos. Holbuki, bu kanaldan har bir sekundda 82 kubmetrgacha suv oqib o‘tadi va u qayta tiklanuvchi energiya manbasidir.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindiyu, Katta Farg‘ona kanalining Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumani hududidagi suv boshidan GESlar qurishga kirishildi. Ularning birinchisi 2019 yil avgust oyida foydalanishga topshirildi. Bu yerga Xitoyning «Domofon elektrik» kompaniyasi jihozlari olib kelib o‘rnatildi.

– Kaskatlarning umumiy quvvati 12 megavatt bo‘lib, hozirgi kunda Uchqo‘rg‘on tumanining 48 mingta xonadoni uzluksiz, tabiiy, xavfsiz hamda qayta tiklanuvchi elektr energiya bilan ta’minlanyapti, – deydi GES ishlab chiqarish bo‘limi muhandisi Ilhomjon Bahromov. – Yillik ishlab chiqarish quvvati loyiha bo‘yicha 72 million soat deb belgilangan. Bu esa o‘z navbatida 7 million kub tabiiy gazni tejash imkonini beradi.

"Bo‘lar ekanku, nega shu paytgacha kanaldagi suvning oqim quvvatidan foydalanmagan ekanmiz", deydi qaysi bir uchqo‘rg‘onlik bilan gaplashmang. Hatto elektr quvvati ishlab chiqaruvchi mutaxassis va amaldorlar ham shunday imkoniyatdan o‘n yillar mobaynida foydalanmay kelganlaridan taassufdalar.

" Ishtaha ovqat payti keladi", deydilar. Namangalik mas’ullar Katta Farg‘ona kanalining bosh oqimidagi ikki GES bilan cheklanib qolmadilar. Uchqo‘rg‘on shahridan Katta Andijon kanali ham boshlanadi. Shu yerga endi quvvati avvalgidan ikki hissa kuchli uchta GES qurmoqchi bo‘lyaptilar.

– Bu yerga tushadigan gidroelektr stansiyalarning umumiy quvvati 23 megavatt bo‘lib, bu qariyb 65-70 ming xonadonni elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkoniyatini beradi, — deydi Ilhomjon Bahromov.

Bugun Namangan viloyatidagi «Katta Farg‘ona kanali kichik GESlar kaskadi» unitar korxonasi tajribasini o‘rgangani kelayotgan Farg‘ona, Andijon viloyatidagi hamkasblar, amaldorlarning oyog‘i uzilmay qoldi.

Buning sababi shundaki, namanganlik mutaxassislar har bir imkoniyatni ishga solmoqda. Masalan, Chortoq tumanidagi eng chet "Qorabog‘"  mahallasida elektr ta’minoti hamisha muammo bo‘lgan. Bu yerdagi oqin suv yo‘liga yonma-yon birinchi va ikkinchi GES qurildi va ularga quvvati 275 kilovat soatli uchta generator o‘rnatildi. Ixcham inshoot, kichik jihozlar, bir nafar mutaxassis, kesimi 50 santimetrli quvurdan tabiiy oqimda o‘tadigan suv. Bor gap shu. Ammo natijani qarang.

–Xonadonimizga xush kelibsiz,– deya qarshi oldi Qorabog‘ mahallasidan bo‘lgan Xolmat Inomov. – Ochig‘ini aytay, bir kecha kunduzda bir necha bor chiroq o‘char edi. Bizni qo‘ya turing, sakkizta o‘quvchi nabiram bor, dars tayyorlay olishmas edi. Mana, shu kichik GESlar qurildi-yu, u ishga tushgandan buyon uch oy ichida qishlog‘imizda bir daqiqa ham chiroq o‘chgani yo‘q.

Agar birgina Katta Farg‘ona kanalining O‘zbekiston hududidagi uzunligi 283 kilometr ekani, yurtimizda ko‘plab bunday kanal, tabiiy anhor, mavsumiy oqadigan bo‘lsa-da, daryolar borligini inobatga olsak, ularning imkoniyatidan samarali foydalanyapmizmi, degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Endi o‘ylab ko‘ring, shu birgina tarmoq tahlili ham O‘zbekiston – imkoniyatlar mamlakati, deyishga asos bo‘lmaydimi?

<iframe width="1519" height="585" src="https://www.youtube.com/embed/FPXudUHmjno" title="Ўзбекистон – имкониятлар мамлакати" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – imkoniyatlar mamlakati