O‘zbekiston iftixorlari universitet hududida ko‘chat ekdi
Mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq harakatiga aylangan “Yashil makon” loyihasi har bir hududda, tashkilot va muassasalarda jadal olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu ezgu tadbirlarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faxriy ustozlar, universitet rahbariyati, taniqli murabbiylar, O‘zbekiston iftixorlari Bahodir Jalolov, Ruslan Nuriddinov, Laylo Sobirova, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Taxmina Ikromova singari 40 ga yaqin mashhur sportchilar hamda iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdi. Faxriylar va O‘zbekiston iftixorlari universitet hududida kuzgi ko‘chat ekish jarayonlarini boshlab berdi.


Ko‘tarinki kayfiyat va uyushqoqlik bilan boshlangan aksiya doirasida belgilangan maydonlarda “Faxriy ustozlar”, “Sportchilar” hamda “Iqtidorli talabalar” bog‘lari tashkil etildi.



Ushbu maydonlarga 200 tupga yaqin manzarali va mevali ko‘chatlar, shuningdek, turli gul navlari o‘tqazildi. O‘zbekiston iftixorlari bo‘lgan mashhur sportchilarimiz universitet hududini yashillikka burkashda o‘z hissasi qo‘shilganidan mamnun ekanligini bildirdi.
M.Komilova, O‘zA