Hindiston ommaviy axborot vositalari keng jamoatchilikni Oʻzbekiston – Hindiston hamkorligi natijalari va istiqbollari toʻgʻrisida xabardor qilishda davom etmoqda
Yuqoridagi sarlavha ostida batafsil maqola har oylik “Business Central Asia” jurnalining navbatdagi sonida chop yetildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Sanjar Valiyev muallifligidagi ushbu materialda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari mufassal ochib berilgan.
Ta’kidlash joizki, "Business Central Asia" jurnali Dehlida nashr etiladi va Hindistonning rasmiy va ishbilarmon doiralari, diplomatik va xalqaro vakolatxonalari o‘rtasida tarqatiladi.
O‘zbekiston va Hindistonning madaniy-tarixiy jihatdan yaqinligi, uzoq muddatli manfaatlari va mamlakatlar iqtisodiyotining bir-birini to‘ldiruvchi xususiyat kasb etishining mos kelishi hamda ikkala tomonning keng qirrali xamkorlikni birga rivojlantirishga intilishi ko‘p asrlik O‘zbekiston - Hindiston do‘stligining strategik sheriklik formatiga aylanishini tabiiy holga keltirmoqda, - deb yozadi Sanjar Valiyev.
- Ayniqsa, O‘zbekiston - Hindiston hamkorligini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bevosita ikki mamlakat rahbarlarining alohida e’tibor qaratishayotgani davlatlararo munosabatlarning bunday mustahkamlanishini osonlashtirmoqda. Ushbu uchrashuv Prezident Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modiga yil oxirida hamkorlik natijalarini sarhisob qilish, koronavirus pandemiyasi atrofidagi vaziyat hamda tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha fikr almashish imkonini berdi.
Ishonch muhitida bo‘lib o‘tgan onlayn-uchrashuvni O‘zbekiston-Hindiston munosabatlarida yangi boshlang‘ich nuqtani yaratgan yana bir muhim voqea, deb baholash mumkin. Sammit yakunida erishilgan qator kelishuvlar to‘plami ham bundan dalolat beradi: davlatlar yetakchilari qo‘shma bayonotni qabul qildilar hamda 9 ta hukumatlararo va idoralararo bitimlar va memorandumlar kabul qilinishini ma’qulladilar.
Shu bilan birga, pandemiya davrida bo‘lib o‘tgan onlayn-uchrashuv O‘zbekiston-Hindiston munosabatlari nafaqat sinovdan o‘tganligini, balki ko‘p bosqichli strategik hamkorlikni namoyish etganining ham daliliga aylandi.
Bosh vazir Narendra Modi va Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindiston-O‘zbekiston strategik sherikligini yangi va yuqori bosqichga olib chiqishga sodiq ekanliklarini bildirdilar. Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan virtual sammitdan so‘ng e’lon qilingan Qo‘shma bayonotga binoan, ular iqtisodiy va savdo hamkorligini yanada takomillashtirish uchun investitsiyalarni ilgari surish va himoya qilishni rag‘batlantirish uchun ikki tomonlama investitsiya shartnomasini tezroq tuzish ustida ishlashga kelishib oldilar.
O‘z navbatida, Narendra Modi umumiy hajmi 448 million dollarlik kredit ma’qullanganini tasdiqladi. Ushbu mablag‘ O‘zbekistonda yo‘l qurilishi, oqava suvlarni tozalash va axborot texnologiyalar sohasidagi to‘rtta loyihani rivojlantirish uchun taqdim etiladi. Bularning barchasi pandemiya inqirozi tugaguniga qadar O‘zbekiston va Hindiston tomonidan o‘zaro manfaatli bo‘lgan amaliy yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishda mustahkam asos yaratilishini ko‘rsatadi. Tomonlar faqat O‘zbekistan - Hindiston munosabatlariga yangi dinamika bag‘ishlash bilan cheklanib qolmaydi. Bizning davlatimiz butun Markaziy Osiyo mintaqasi manfaatlarini ishonchli ilgari suradigan mamlakat sifatida chiqmoqda. Buning yorqin namunasi sifatida O‘zbekiston tomonidan “Markaziy Osiyo – Hindiston” formatidagi muloqotni o‘tkazish tashabbusini ko‘rish mumkin.
Uni barcha ishtirokchilar qo‘llab va yuqori baho berib kelmoqda. Ushbu maydon faoliyati Nyu-Delining Markaziy Osiyo poytaxtlari bilan faol hamkorlik olib borishi uchun qulay sharoitlar yaratdi.
Hindiston siyosiy va ekspert doiralarida O‘zbekistonning mintaqadagi yangi kursi tufayli Markaziy Osiyoda barqarorlik va rivojlanishni ta’minlovchi vaziyat yuzaga keldi degan fikr ilgari surilmoqda.
Bunday sharoitda Nyu-Deli Markaziy Osiyoda yuzaga kelayotgan yangi imkoniyatlardan foydalanib qolmoqchi bo‘lmoqda. Hindiston kompaniyalari tomonidan birinchi planga tovar va xizmatlar bozorlariga erkin kirib borish, shuningdek, mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotining istiqbolli tarmoqlari o‘zlari uchun an’anaviy hisoblanib kelgan axborot texnologiyalari va dasturiy ta’minot, farmatsevtika va tibbiy jihozlar, to‘qimachilik, charm mahsulotlari hamda boshqa sohalarga kirib borish va o‘z joyini egallab olish maqsadlari chiqib kelmoqda.
Hindiston tomoni mintaqada farmatsevtika sohasida sezilarli qatnashib kelmoqda. Hindistonga Markaziy Osiyo mamlakatlari dori-darmon mahsulotlari importi ulushining 30 foizi to‘g‘ri kelmoqda.
Umuman olganda, ikki mamlakat rahbarlarining shaxsiy sa’y-harakatlari tufayli, O‘zbekiston-Hindiston munosabatlarida yaqinlashish tomoniga, shuningdek, iqtisodiyotda bir-birlarini to‘ldirish va o‘zaro bog‘langanligini ta’minlash tomoniga sifat jihatdan siljish bo‘lmoqda. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi bunday sheriklikning rivojlanib borishi Afg‘onistonni mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik tizimiga integratsiya qilib, Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qiladi.