Futbol bo‘yicha Osiyo mintaqasida Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichida 10-tur uchrashuvlari ertaga, 10 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tur doirasida O‘zbekiston – Qatar, Qirg‘iziston – BAA, Eron – KXDR, Falastin – Ummon, Iordaniya – Iroq, Janubiy Koreya – Kuvayt, Yaponiya – Indoneziya, Saudiya Arabistoni – Avstraliya, Xitoy – Bahrayn terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.

Tabiiyki, bizning bor e’tiborimiz "Bunyodkor" stadionida kechadigan O‘zbekiston hamda Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga qaratiladi. O‘yin soat 18:45 da boshlanadi va uni xitoylik hakamlar boshqaradi. Bosh hakam — Ma Ning, unga qanotlarda Joyu Fei va Jang Cheng yordam beradi. To‘rtinchi hakam sifatida Jin Jingyuan, VAR tizimida esa Fu Ming ishlaydi.

Aslida, bu uchrashuv har ikki jamoa uchun musobaqa taqdirini hal qilmaydi, chunki O‘zbekiston terma jamoasi allaqachon muddatidan avval Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Shunga qaramay, jamoamiz o‘z muxlislari uchun chiroyli o‘yin ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari 2000 yildan buyon Jahon va Osiyo chempionati saralash bosqichlari, Osiyo chempionati hamda o‘rtoqlik uchrashuvlari doirasida jami 16 marta to‘qnash kelgan. Ushbu o‘yinlarning 9 tasida O‘zbekiston g‘alaba qozongan, 3 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan. 4 o‘yinda esa Qatar jamoasi ustunlikka erishgan. To‘plar nisbati esa 27:17 O‘zbekiston terma jamoasi foydasiga.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston hamda Qatar uchrashuvini xitoylik hakamlar boshqaradi