O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi diplomatik munosabat 1992 yil o‘rnatilgan bo‘lib, o‘zaro aloqalar iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda izchil rivojlanmoqda.
Keyingi yillarda hamkorlik savdo, investitsiya va texnologiya transferi orqali ham mustahkamlanmoqda. Germaniya Federativ Respublikasi o‘tgan yillar mobaynida iqtisodiyotimizga salmoqli investitsiya kiritdi. Bu boradagi sheriklik ko‘lami energiya, qishloq xo‘jaligi va infratuzilma tarmoqlarida juda keng.
Ikki mamlakat qo‘shma madaniy dasturlarni ham faol ilgari surib keladi. Xususan, Germaniya universitetlari bilan hamkorlik doirasida talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqot olib borish, san’at yo‘nalishidagi loyihalar muhim o‘rin tutadi.
Davlatlarimiz xalqaro xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, migratsiya kabi muhim masalalarda yaqin hamkor hisoblanadi.
Oxirgi yillarda esa bugungi kun talabidan kelib chiqib, ekologiya, barqaror rivojlanish va raqamli transformatsiya singari yangi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilyapti. Ya’ni, Germaniya O‘zbekistonda “yashil” texnologiyalarni joriy etishda faol ishtirok etmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda o‘zaro munosabatlar yil sayin mustahkamlanib boryapti.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GBRp8SROrec" title="O‘zbekiston – Germaniya munosabatlariga 33 yil to‘ldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA