O‘zbekiston – Gabon uchrashuvidan fotoreportaj
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha “FIFA Series – 2026” turniri doirasida Gabon terma jamoasini qabul qildi.
Poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hamyurtlarimiz 3:1 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi. Terma jamoamiz safida 14-daqiqada Eldor Shomurodov, 59-daqiqada Jahongir O‘rozov hamda 90+4-daqiqada Alisher Odilov gol urdi. Gabon terma jamoasining yagona goliga esa 6-daqiqada Teddi Averland mualliflik qildi.
Shu kuni “Paxtakor” stadionida o‘tgan Venesuela-Trinidad va Tobago milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 4:1 hisobida Venesuela foydasiga yakunlandi.
[gallery-28406]
Endi 30-mart kuni “FIFA Series – 2026” turniri doirasida O‘zbekiston – Venesuela, Trinidad va Tobago – Gabon terma jamoalari o‘rtasidagi bahslar bo‘lib o‘tadi.
Sarvar O‘RMONOV (surat), O‘zA