Futzal bo‘yicha 2026 yil 27 yanvardan 7 fevralga qadar Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga saralash bahslari o‘z yakuniga yetdi.
Saralashda 7 ta guruhda to‘rttadan jamoa va bitta guruhda uchta jamoa qatnashdi. Reglamentga ko‘ra, har bir guruhdan g‘olib 8 ta jamoa va eng yaxshi 7 ta ikkinchi o‘rin egalari Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘l olishi belgilangan.

Saralash yakunlariga ko‘ra, Avstraliya, Afg‘oniston, Tailand, Yaponiya, Qirg‘iziston, Vetnam va Eron terma jamoalari o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egallab, final bosqichiga chiqdi. Shuningdek, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Tojikiston, Livan va Malayziya termalari eng yaxshi ikkinchi o‘rin egasi sifatida Indoneziyaga boradigan bo‘ldi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, saralash bahslarining “D” guruhidagi o‘yinlar oktyabr oyida tashkil etilayotgani bois, Osiyo kubogida ishtirok etadigan yana uchta terma jamoa nomi so‘roq ostida turibdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA