O‘zbekiston fuqaroligi berilayotgan shaxslar soni keyingi yillarda keskin oshdi. Bu, albatta, ushbu sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasidir.

Vazirlar Mahkamasining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom yangi tahrirda qabul qilindi.  

Unda qanday talablar qo‘yilgan? Bu savolga “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktori o‘rinbosari Hayot Qilichev javob berdi:  

– Nizomga ko‘ra, chet elliklarni O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish bo‘yicha bir qator qo‘shimchalar kiritildi. Kiritilgan eng muhim o‘zgartirishlardan biri talabgorning davlat tilini bilish bo‘yicha malakasini baholashdir.  

Aytib o‘tish kerakki, talabgor – O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish masalalari bo‘yicha vakolatli davlat organiga murojaat qilgan va qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami berilgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblanadi.  

– Davlat tilini bilish darajasini aniqlash kim tomonidan va qay tartibda amalga oshiriladi?  

– Davlat tilini bilish darajasini aniqlash davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan to‘lov asosida amalga oshiriladi.  

Talabgor sinov imtihonida qatnashish uchun DXMga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron shaklda murojaat qiladi va Yagona billing tizimi orqali to‘lovni amalga oshiradi.  

Talabgor DXM orqali murojaat qilganda, uning murojaati mas’ul xodim tomonidan, YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilganda, shaxsan o‘zi so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi. Shundan so‘ng, talabgor ma’lumotlarining to‘g‘riligini tekshiradi va tasdiqlaydi.  

Talabgor YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.  

Ariza kelib tushgan kunning o‘zida Markaz yoki uning hududiy bo‘linmalari talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjati hamda raqamli fotosuratini mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan “Elektron hukumat” tizimi orqali onlayn so‘rab oladi.  

Shundan so‘ng, talabgorga uning murojaati qabul qilingani to‘g‘risidagi sinov imtihonini o‘tkazish vaqti ko‘rsatilgan ma’lumotnoma elektron tarzda yuboriladi.  

Davlat tili bo‘yicha imtihon talabgorning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha Markaz yoki uning hududiy bo‘linmalarida o‘tkaziladi.  

Sinov imtihoni so‘rovnoma va to‘lov qilinganini tasdiqlovchi hujjat “Elektron hukumat” tizimi orqali olinganidan so‘ng bir oy muddatda o‘tkaziladi.  

Sinov imtihonlari hududiy imtihon komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi. Davlat tilini bilish bo‘yicha sinov imtihoni jarayonlari uzluksiz videotasvirga tushiriladi va kamida bir yil saqlanadi. – Sinov imtihonlari qanday bosqichlardan iborat?  

– Sinov imtihoni test, yozma va og‘zaki shakllarda o‘tkaziladi. Test talabgorning kundalik turmushida foydalanuvchi sodda xabarlar, til egasi bilan tanish va maxsus mavzuda muloqotga kirishganda foydalaniladigan ma’lumotlar asosida tuzilgan 10 ta mantiqiy savoldan iborat bo‘ladi.  

Test savollariga to‘g‘ri javoblar uchun eng ko‘pi 30 ball beriladi. Test savollarini yechish uchun 15 daqiqa ajratiladi. Test sinovlari natijasi shu vaqtning o‘zida ma’lum qilinadi.  

Yozma sinov shakli diktant shaklida yoki sodda anketalarni, rasmiy xat, ish yuritish qog‘ozlarini (ariza, rozilik xatlari, rezyume) yoza olish darajasini aniqlash tarzida o‘tkaziladi.  

Yozma sinov uchun beriladigan eng ko‘p ball 30 ballni tashkil etadi. Yozma sinovni bajarish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.  

Og‘zaki sinov shakli talabgorning o‘zi haqida og‘zaki ma’lumot bera olish, hikoya yoki muhokama mazmunini sodda iboralar bilan qisqacha gapirib bera olish darajasini bilish maqsadida tuzilgan savollar asosida tashkil qilinadi.  

Og‘zaki sinov uchun beriladigan eng ko‘p ball 40 ballni tashkil etadi. Og‘zaki sinovni bajarish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.  

Sinov imtihoni yakunlari bo‘yicha eng yuqori ballning 50 foizidan kam ball olgan talabgor sinov imtihonidan o‘tmagan deb hisoblanadi. Qayta qatnashish uchun sinov imtihoni o‘tkazilgan kundan boshlab kamida bir oydan keyin qayta to‘lov amalga oshirilgan holda elektron shaklda murojaat qiladi.  

Sinov imtihoni natijalari test shaklidagi sinov imtihonida olingan natija inobatga olingan holda uch kun muddatda e’lon qilinadi.  

– Imtihon topshirish uchun qancha miqdorda to‘lovni amalga oshirish kerak?  

– Davlat tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida sinov imtihonini topshirish uchun BHMning 20 foizi miqdorida Yagona billing tizimi orqali yig‘im to‘lovi to‘lanadi. YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat etilganda to‘lov summasining 90 foizi undiriladi.  

Sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga Markaz tomonidan DXMlar va YAIDXP (my.gov.uz) orqali imtihon natijalari e’lon qilingan kundan so‘ng uch kun muddatda beriladi. Malaka sertifikati muddatsiz amal qiladi.      

Norgul Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinuvchi davlat tilini bilishi shartmi?