O‘zbekiston fuqarolari uchun xabar – TIV
Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining ijtimoiy tarmoq orqali tarqatgan xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan, Rossiyaning Ukrainaga yaqin hududlarida joylashgan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun xavotirlanishga sabab va asoslar yo‘q.
Mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi hamda Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi RFning tegishli vazirlik, idoralari bilan yaqin va doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Fuqarolarimiz uchun biron bir xavf-xatar yuzaga kelganda, tezkor ravishda tegishli choralar ko‘riladi. Zarur hollarda fuqarolarimiz quyidagi aloqa raqamlariga murojaat qilishlari mumkin:
O‘zbekiston Respublikasining Moskvadagi elchixonasi: +7 499 230-00-76, +7 499 230-00-32;
Rostov-Dondagi Bosh konsulxona: +7 988 586-59-82, +7 918 554-04-76, +7 988 586-70-35, +7 988 586-59-82.