O'zbekiston FIFA reytingida 2 pog'ona yuqoriladi
Venesuela ustidan qozoniladigan g'alaba yana ham yuqorilashga sabab bo'ladi.
FIFA Series turniri va o'rtoqlik uchrashuvlaridan so'ng FIFA reytingida kichik o'zgarishlar yuz berdi. Kechagi g'alabadan keyin O'zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida +3.29 ochko jamg'ardi va ikki pog'ona yuqorilab, 50-o'ringa joylashib oldi.

Navbatdagi raqibimiz Venesuela bizdan bir pog'ona yuqorida — 49-o'rinda! Demak, g'alaba orqali biz kamida bir o'ringa ko'tarilamiz.