Bugun Xalqaro press-klubda Energetika vazirligi tomonidan “Muqobil energiya manbalari – taraqqiyot poydevori” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda yashil energetikani rivojlantirish, xususan, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar xususida so‘z yuritildi.

Xo‘sh, bugungi kunda mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod XO‘JAEV mazkur savol yuzasidan quyidagilarni gapirib berdi. 

– Mazkur yo‘nalish bo‘yicha yurtimizda to‘liq huquqiy baza yaratilgan. Chunki o‘tgan besh yil davomida ikkita O‘zbekiston Respublikasining qonuni, to‘rtta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, to‘rtta  Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. 

Bu qarorlar loyihani kuchga kiritish to‘g‘risidagi qarorlar emas,  aksincha, sohani tartibga soluvchi, qonun-qoidalar va normalarni  belgilovchi hujjatlar hisoblanadi. Bundan tashqari, energetikani rivojlantirish konsepsiyasi aniq raqamlar va hisob-kitoblar asosida ishlab chiqilgan va Energetika vazirligi veb-saytida joylashtirilgan. Unga ko‘ra, 2030 yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan  foydalanish ko‘lamini qariyb 30 foizga yetkazish kerak. 

Shu bilan birga, bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning eng ilg‘or mamlakatlari tomonidan qabul qilingan uglevodorod neytralligi dasturiga ham qo‘shilgan.  2050 yilga kelib, mamlakatimizda iqtisodiyotning  barcha sohalarida, shu jumladan, energetikada uglevodorod neytralligiga erishish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 

Bu – tabiiy gaz, ko‘mir, neft mahsulotlaridan yoqilg‘i sifatida foydalanishdan to‘liq voz kechish degani. Bir qarashda bu uzoq muddatday ko‘rinadi, lekin bugungi kundagi energetika sohasida bo‘layotgan o‘tish jarayoni o‘zining ko‘lami va ahamiyati jihatidan bir vaqtlar qazilma boyliklar, neft va gaz qoplaganday o‘zgarishlar bilan solishtirish mumkin.  Insoniyat hayoti keskin o‘zgardi. Ayniqsa sanoat va transport logistika sohasiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. 

Xuddi shu kabi energetik o‘tish jarayonining ham kundalik hayotimizga o‘z ta’siri bor. Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, O‘zbekistonda elektr energiyaga bo‘lgan talabni g‘arb mamlakatlari bilan solishtirilganda, u keskin farq qiladi. Chunki iqtisodiyotimiz hali elektr energiyasi bilan to‘yingan emas. Talabning o‘sish suratlari yillik eng kamida 11-12 foizga o‘sishi kutilmoqda.  

Bu 2030 yilga borib erishiladigan natijalardir. Bu degani biz  hozirgi kundagi an’anaviy energetika manbalaridan to‘liq voz kechib, quyosh va shamol energetikasiga o‘tishishimiz juda qiyin. Birinchi navbatda, o‘sib borayotgan talabni to‘yintirish zarur. Shunga asosan 2030 yilga qadar  Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan maqsadli ko‘rsatkichlar bor. Ya’ni, bu davrga qadar kamida 5 ming megavattli shamol elektr stansiyalari va 7 ming megavattli quyosh elektr stansiyalarini  ishga tushirish lozim.   

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish natijalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2021 yilning avgust oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida sanoat miqyosidagi birinchi yirik 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Joriy yil aprel oyiga qadar Samarqand viloyatining Nurobod tumanida ikkinchi 100 MVt quvvatli yirik quyosh fotoelektr stansiyasi foydalanishga topshiriladi. 

2022 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha yirik ishlar amalga oshiriladi. Buxoro, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo, Farg‘ona va boshqa viloyatlarda umumiy quvvati 1 900 MVt bo‘lgan 8 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumiy quvvati 1 700 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini qurish uchun loyiha bitimlari imzolanishi ko‘zda tutilgan. 

2023 yilda Samarqand, Jizzax, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 1 097 MVt bo‘lgan 4 ta quyosh fotoelektr stansiyasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro (G‘ijduvon va Peshku) va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 1600 MVt bo‘lgan 4 ta shamol elektr stansiyasi “yashil energiya” ishlab chiqarishni boshlaydi. 

2026 yilga borib O‘zbekistonda quyosh fotoelektr stansiyalari hajmi 4000 MVtga va shamol elektr stansiyalari hajmi 4000 MVtga yetkaziladi hamda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 25 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini tashkil qiladi. Buning natijasida yiliga qariyb 3 milliard metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi. Ushbu hajmdagi tejalgan gaz bilan 1 million xonadonni 1 yil davomida tabiiy gaz bilan ta’minlash mumkin. 

Mamlakatimiz gidroenergetika sohasidagi ishlar ham sarhisob qilinib,  2017-2021 yillarda 11 ta yangi gidroelektr stansiyasi qurilib, 8 tasi modernizatsiya qilingani va 244 MVt qo‘shimcha quvvat yaratilgani qayd etildi. 2022–2026 yillarda Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Qashqadaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida 15 ta yangi gidroelektr stansiyasi quriladi. Mavjud 5 ta GESda modernizatsiya ishlari amalga oshiriladi. Bunday choralar yiliga qo‘shimcha 868 MVt elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarni barpo etishga puxta zamin yaratadi. 2026 yilga borib mamlakatimiz gidroelektr stansiyalarining umumiy quvvati 2 920 MVtga yetishi ma’lum qilindi. 

bugungi kunda aholi xonadoniga quyosh panellari va quyosh suv isitgichlarini o‘rnatish borasida ham dastlabki qadamlar boshlangan. Masalan, qurilmalarni xonadonlarga o‘rnatish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. 

Quyosh panellari va quyosh suv isitgichlarini o‘rnatganda fuqarolar uchun hech qanday qo‘shimcha soliq yoki to‘lovlar joriy etilmaydi. Ushbu energosamarador qurilmalarni o‘rnatish hisobiga xonadonni tekin va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoni yaratiladi. Shuningdek, fuqarolar o‘z xonadonlariga o‘rnatgan quyosh panellar orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda ehtiyojlaridan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotishlari ham mumkin.  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 14 apreldagi 217-sonli qaroriga muvofiq, yurtimizda jismoniy va yuridik shaxslarga quyosh fotoelektr stansiyalar, quyosh suv isitgichlarini sotib olish va o‘rnatish xarajatlarining bir qismi davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi. Shuningdek, quyosh panellari va quyosh suv isitgichlarini o‘rnatgan jismoniy shaxslar 3 yil, tadbirkorlik sub’ektlari esa 10 yil davomida yer va mulk solig‘idan ozod bo‘ladi.  

Nasiba ZIYODULLAEVA  
yozib oldi.

O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston energetikasi: 2050 yilga borib tabiiy gaz, ko‘mir, neft mahsulotlarini yoqilg‘i sifatida foydalanishdan to‘liq voz kechiladi