Toshkent shahrida O‘zbekiston Ekologik partiyasining III s’ezdi bo‘lib o‘tmoqda.

Partiya markaziy kengashi a’zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, hududlardan saylangan delegatlar, partiya faollari hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda.  

S’ezdda 2021 yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi hamda Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqiladi.  

Saylov milliy saylov qonunchiligining yangi tamoyillari, umume’tirof etilgan xalqaro standartlar asosida ochiq va shaffof o‘tkazilishi, saylov kampaniyasi davrida barcha siyosiy partiyalar va ular tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar uchun sog‘lom raqobat muhiti, teng sharoit yaratilishi hamda Prezident saylovida O‘zbekiston Ekologik partiyasi birinchi marta ishtirok etayotgani alohida ta’kidlandi.  

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 64-moddasiga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 14 avgust kuni partiyaga 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ishtirok etishga ijozat berilgani aytib o‘tildi.  

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Prezidentlik lavozimiga nomzod etib markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodovni ko‘rsatish taklifi ko‘rib chiqildi. Qurultoy delegatlari tomonidan mazkur masala atroflicha muhokama qilindi.  

Narzullo Oblomurodov 1975 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 1996 yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2000 yil Buyuk Britaniyaning Birmingem universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – iqtisodchi, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. Oilali, uch nafar farzandi bor. O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi.  

Nurillo Nasriyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Prezidentlikka nomzod ko‘rsatildi