O‘zbekiston – do‘stlik va birodarlik ulug‘langan yurt
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahri Qirguli mavzesidagi “Do‘stlik uyi”da turli millat vakillari ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida milliy liboslar, hunarmandchilik buyumlari, xalq an’ana va qadriyatlarini o‘zida aks ettiruvchi ko‘rgazma mehmonlar e’tiboriga havola etildi.
Tantanada so‘z olganlar O‘zbekiston — do‘stlik va birodarlik ulug‘langan yurt ekanini alohida ta’kidladilar. Yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari o‘zaro hurmat, hamjihatlik va do‘stlik ruhida yashab, mamlakat rivojiga o‘z hissalarini qo‘shib kelayotgani qayd etildi.
[gallery-24562]
Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 8 ta milliy madaniy markazning davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdagi ishlari, umumxalq bayramlari va madaniy tadbirlardagi faol ishtiroki e’tirof etildi. Ularning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash uchun viloyat hokimligi tomonidan 92 million so‘m miqdorida pul mablag‘i ajratilganiga doir sertifikat o‘z egalariga topshirildi.
Konsert dasturida turli tillarda yangragan qo‘shiqlar, go‘zal raqslar, folklor jamoalarining chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA