O‘zbekiston - do‘stlik va bag‘rikenglik diyori
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “Turkiston” san’at saroyida O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazining 30 yilligiga bag‘ishlab “O‘zbekiston – do‘stlik va bag‘rikenglik diyori” mavzusida gala-konsert bo‘lib o‘tdi.
[gallery-7535]
Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi mutasaddi xodimlari, milliy-madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlari va keng jamoatchilik vakillari, yoshlar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida qozoq millati vakillarining mashhur rassomlari, hunarmandlari va adiblarining asarlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA