Jeneva shahrida Rotterdam konvensiyasi tomonlari konferensiyasining o‘n ikkinchi yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbir “Yashirin narsalarni ko‘rinarli qilish: kimyoviy moddalar va chiqindilarni oqilona boshqarish” mavzusida tashkil etilmoqda.

Xavfli kimyoviy moddalar va chiqindilarning inson salomatligi hamda atrof-muhitga ta’siri masalalariga keng jamoatchilik e’tiborini jalb qilishga qaratilgan anjuman mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Unda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari, shuningdek, kimyoviy moddalarni boshqarish sohasidagi ekspertlar mamlakatning ekologik xavfsizligini ta’minlash va aholi salomatligini himoya qilish bo‘yicha mulohaza yuritishdi.

Yevropa Ittifoqining FAO bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “Xavfli kimyoviy moddalarni oqilona boshqarish bo‘yicha texnik ko‘mak” loyihasi Stokgolm va Bazel konvensiyalari a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston uchun alohida ahamiyatga ega.

– O‘zbekistonning konferensiyadagi ishtiroki xavfli kimyoviy moddalarni boshqarish sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va tajriba almashish uchun muhim imkoniyat, – dedi FAOning O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari Sherzod Umarov. – Biz amalga oshirayotgan qo‘shma loyiha chiqindilarni boshqarishning milliy strategiyasini ishlab chiqish va qishloq xo‘jaligidagi xavfli chiqindilar to‘g‘risida sifatli ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini beradi. Shuningdek, yurtimizning Rotterdam konvensiyasiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqish uchun zamin yaratadi, bu esa mamlakatning ekologik xavfsizligini oshirish yo‘lidagi muhim qadam.

Tadbirlar doirasida Rotterdam konvensiyasi ijroiya kotibi, FAOning katta texnik xodimi Kristin Fyuell hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Global ekologik jamg‘armaning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bosh dastur mutaxassisi Evelin Svayn bilan o‘tgan uchrashuvda esa kimyoviy moddalarga oid konvensiyalar bo‘yicha barqaror organik ifloslantiruvchi moddalardan foydalanishni kamaytirish bo‘yicha qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalalari ko‘rib chiqildi.

Behruz Xudoyberdiyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston delegatsiyasi Shveysariyadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda