Bugungi kunda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati jahon bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlash, yangi texnologiyalar joriy etish va yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish orqali xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Shu maqsadda mamlakatimiz xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lida xorijiy mamlakatlar, jumladan, jun va kashemir mahsulotlari ishlab chiqarishda katta salohiyatga ega Mo‘g‘uliston bilan o‘zaro munosabatlarni faol rivojlantirmoqda. Ayniqsa, tabiiy xomashyo resurslariga boy ushbu mamlakat bilan to‘qimachilik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yanada  istiqbollidir.

Shu kunlarda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Mirmuhsin Sultonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Mo‘g‘ulistonga xizmat safari aynan ana shunday maqsadlarga qaratilgani bilan e’tiborli.

Tashrif doirasida delegatsiya Ulan-Bator shahrida jun va kashemirni qayta ishlashga ixtisoslashgan yetakchi fabrikalar faoliyati bilan tanishdi. Ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot sifati va eksport salohiyatiga oid amaliy ma’lumotlar o‘rganildi. Xomashyoni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar yaratishga oid tajribalar delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Bundan tashqari, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari Mo‘g‘uliston Jun to‘qimachilik uyushmasi rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Unda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, tajriba almashinuvi, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, soha korxonalari uchun mutaxassislar tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish kabi masalalar kun tartibidan o‘rin oldi.

Muzokaralar davomida Mo‘g‘ulistonda mavjud jun xomashyosini O‘zbekistonda yetishtiriladigan paxta bilan uyg‘unlashtirgan holda aralash mato va pryaja ishlab chiqarish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Bunday innovatsion yondashuv ikki mamlakat ishlab chiqaruvchilari uchun yangi bozorlarga chiqish imkonini yaratishi va yuqori sifatli mahsulotlar tayyorlashga zamin yaratishi mumkinligi ta’kidlandi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchillik bilan davom ettirish, tajriba almashinuvini kuchaytirish va qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanliklarini bildirdi.

Uyushma axborot xizmatiga ko‘ra, delegatsiyaning xizmat safari davom etmoqda.

N.Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston delegatsiyasi Mo‘g‘ulistonda