Özbekiston delegatsiyasi "Akkuyu" AES qurilişi bilan tanişdi
Mamlakatimizda atom energetikasi sohasida mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş va xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytiriş böyiça işlar davom etmoqda.
Şu maqsadda Özbekiston delegatsiyasi Turkiyadagi "Akkuyu" atom elektr stansiyasi qurilişida qatnaşayotgan kompaniyalarning işlab çiqariş imkoniyatlari bilan tanişdi. Asosiy eʼtibor mamlakatimizda atom energetikasi uçun zarur uskunalar va butlovçi qismlar işlab çiqarişni mahalliylaştirişga qaratildi.
Xususan, delegatsiya "AVAS Group" kompaniyasi rahbariyati bilan uçraşib, "Atom-Sanoat" maxsus sanoat zonasida işlab çiqariş quvvatlarini joylaştiriş va yetkazib beriş tizimini taşkil etiş masalalarini muhokama qildi. Şuningdek, "VASTAŞ Valf" zavodida atom elektr stansiyalari uçun quvur armaturalari va uzatmalar, "ASOS Proses" korxonasida esa texnologik va muhandislik uskunalari işlab çiqariş jarayonlari örganildi.
"Akkuyu" AES quriliş maydonçasida delegatsiya aʼzolari "Özaltın Holding" kompaniyasi tomonidan barpo etilayotgan turar joy majmuasi va quriliş jarayonlari bilan tanişdi. Maʼlum qilinişiça, birinçi energoblokda quriliş işlari yakunlangan, konturlarning gidravlik sinovlari ötkazilgan va himoya qobiğining germetikligi hamda mustahkamligi tekşirilgan. Ayni paytda reaktor qurilmasini sovuq va issiq sinovlardan ötkazişga tayyorgarlik körilmoqda. Delegatsiya energoblokning boşqaruv pulti, maşina zali, quvvat uzatiş tizimi va boşqa obʼektlarni ham közdan keçirdi.
Taşrif doirasida Silifke şahridagi "İncetcom" korxonasi faoliyati ham örganildi. Korxona "Akkuyu" AES uçun şamollatiş va sovutiş tizimlari, quvurlarni loyihalaş, işlab çiqariş va örnatiş bilan şuğullanadi. Uning Özbekistondagi "Atom-Sanoat" maxsus sanoat zonasida şunga öxşaş işlab çiqarişni yölga qöyişdagi iştiroki imkoniyatlari baholandi.
Taşrif yakunida Turkiya kompaniyalari bilan kelgusidagi hamkorlik yuzasidan dastlabki kelişuvlarga erişildi. “Özatom” agentligi axborot xizmatiga köra, mazkur taşrif Özbekistonda atom energetikasi uçun mahalliy işlab çiqariş bazasini şakllantiriş va xorijiy kompaniyalar bilan texnologik hamkorlikni kengaytirişda muhim ahamiyatga ega.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA