Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq Rashid Masharipovich Matkarimov O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
Rashid Matkarimov 1971 yil Xorazm viloyatida tug‘ilgan.
1992 yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. Pedagogika fanlari doktori, professor.
1999 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Osiyo og‘ir atletika federatsiyasining Fan, ta’lim va murabbiylar qo‘mitasi a’zosi, xalqaro toifadagi hakam hisoblanadi.
U mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti kafedra mudiri, fakultet dekani, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Yoshlar siyosati va sport vazirligida Olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
O‘zA