Taniqli jurnalist Muhabbat Hamidova bolalardek beg‘ubor, sofdil, hayotdan doim yaxshilik izlaydigan, o‘zgalarga ham mudom yaxshilik sog‘inadigan, optimist, quvnoq ijodkorlardan sanaladi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bolalarning taniqli yozuvchisi Muhabbat Hamidova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy anjumanda ijodkorning shu kabi fazilatlari e’tirof etildi. 

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo ijodkor borki, bari bolalar adabiyotidan ilhom, zavq olishini ta’kidladi.

– Adabiyot olamida qalam tebratayotgan ijodkor borki, bari bolalar adabiyotidan mudom minnatdor, – dedi Minhojiddin Mirzo. – Bolalar adabiyoti eng go‘zal olamlarga tutash dunyodir. Bu adabiyot inson kamolotida o‘ziga xos pillapoya bo‘lib xizmat qilmoqda. Muhabbat opa Hamidova bolalar adabiyotida o‘z o‘rniga, o‘z so‘ziga, o‘z ovoziga ega bo‘lgan ijodkordir.

– Muhabbat opa quyoshli qalb sohibasidir, – dedi bolalar adibasi Kavsar Turdiyeva. – Biz doim uning samimiy, mehribon so‘zlariga ehtiyoj sezamiz. Hech qaysi ijodkorning yozganlarini Muhabbat opa hech qachon rad etgan emas. Yosh ijodkorlardan o‘z ko‘magi, maslahat va nasihatlari, yo‘l-yo‘riqlarini ayamaydi.

Muhabbat opaning 1983 yilda nashr etilgan ilk kitobi – “Izingizdan boramiz“ qissasi o‘quvchilar tomonidan qizg‘in kutib olingan. Bu esa adibani yanada ko‘proq g‘ayrat va shijoat bilan mehnat qilishga da’vat etdi. Yosh kitobxonlar tomonidan sevib o‘qilib, ularning kitob javonlaridan o‘rin olgan “Sehrgar bola“, “Maqtanchoq jo‘ja“, “Hakka xolaning hangomasi“, “Topishmoqmi yoki tez aytish“ kabi kitoblarning muallifidir.

Muhabbat opa Hamidova tashabbusi bilan bolalar jurnali qoshida “Jajji jilg‘alar“ to‘garagi tashkil etilib, mazkur to‘garakda tahsil olgan qizlarning aksariyati Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga loyiq topilgan.

Muhabbat opaning publitsistik ijod namunalari “Yilning eng yaxshi jurnalisti“ tanlovida yuksak e’tirof etilib, ijodkor sovrinli o‘ringa sazovor bo‘lgan.

Adiba “Yangi uch og‘a-ini botirlarning sarguzashtlari“ qissasi uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Bolalar uchun yozilgan eng yaxshi kitob“ tanlovida birinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan.

Adibaning hikoyalari “O‘zbek bolalar antologiyasi“ning so‘nggi nashridan joy olgan. Hikoyalari rus, qozoq va boshqa tillarga tarjima qilingan.

Bolalarning sevimli yozuvchisi Muhabbat Hamidovaning ijodiy faoliyati istiqlol yillarida yuksak qadrlanib, u “Shuhrat“ medali, ikkinchi darajali “Sog‘lom avlod uchun“ ordeniga sazovor bo‘lgan.

Anjumanda ustoz jurnalist va adiba Muhabbat Hamidova ijodi haqida batafsil so‘z yuritildi. Uning zavq va samimiyatga to‘la she’rlaridan namunalar o‘qildi.

Nazokat Usmonova, Ahmadjon Ergashev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston bolalarini qalbiga singdirgan ijodkor