Poytaxtimizda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ko‘magida "PLUS Group" tomonidan tashkil etilgan Markaziy Osiyodagi fintex va elektron tijorat bo‘yicha eng yirik tadbir – "Digital Uzbekistan-2025" xalqaro forumi o‘z ishini boshladi.

"Digital Uzbekistan-2025" forumi 2,5 mingdan ortiq ishtirokchi: Markaziy Osiyo, Yevropa, Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerikadagi tashkilotlar vakillarini bir joyga jamladi.

Forumning strategik maqsadlaridan biri O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shimcha turtki berish, xalqaro hamkorlikni davom ettirish va yangi istiqbolli yirik loyihalarni ishlab chiqishdan iborat.  

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston sun’iy intellektdan foydalanish va elektron tijoratni rivojlantirishda jiddiy yutuqlarga erishdi. Ushbu forumning mamlakatimizda o‘tkazilishi bejiz emas. Sababi, O‘zbekiston biznes va jamiyatni raqamlashtirish sohasida mintaqada yetakchi o‘rinni egallaydi.   

– Ushbu forum raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, global geosiyosiy va iqtisodiy landshaftdagi tez o‘zgarishlar davrida xususiy va davlat sektorlarining muntazam uchrashuvlari mavjud tendensiyalar, muammolar, xavflarni yaxshiroq tushunish hamda ularni bartaraf etish choralarini belgilash imkonini beradi, — deydi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak. — O‘zbekistonning jahon moliya tizimiga tobora ko‘proq integratsiyalashuvi, albatta, biznes va hukumat vakillaridan bilim va salohiyatni oshirishni talab qilayotgani quvonarlidir. Bugun oldimizda bank tizimi, kapital bozori, sug‘urta sektori va boshqa sohalarni transformatsiya qilish va zamonaviy talablarga moslashtirish vazifasi turibdi.   

Forumda sohaning yetuk mutaxassislari, mintaqada sanoatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi va xalqaro loyihalarni amalga oshirish tajribasiga ega davlat sektori vakillari raqamlashtirish — bank tizimi, kapital bozori, sug‘urta sektori, Davlat boshqaruvida elektron xizmatlar, sun’iy intellekt, logistikaga oid ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.   

Forum doirasida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va “PLUS Group” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.   

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston biznes va jamiyatni raqamlashtirish sohasida mintaqada yetakchi o‘rinni egallaydi