Toshkent shahar hokimligi va Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi o‘rtasida ona va bola salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha imzolangan "Yo‘l xaritasi"ga asosan Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Belarus Respublikasidagi Ona va bola markaziga tashrif buyurdi.

Markaz direktori Sergey Vasilev  yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirib, bu yerda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar haqida ma’lumot berdi.

Bolalarning muddatidan avval dunyoga kelishining oldini olish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishi hamda buni amalga oshirishga zamonaviy texnologiyalar mavjud ekanligi aytib o‘tildi. Shuningdek,  ona sutini saqlovchi hamda muddatidan avval tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qiluvchi uskunalar bilan tanishildi.

Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Nadejda Lazarevich hamda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Sultonova o‘rtasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv doirasida oilalarga, shu jumladan, nogiron bolalari bo‘lgan ayollarga ko‘rsatiladigan yordamlar bo‘yicha tajriba almashib, ushbu yo‘nalishda hamkorlik ko‘lamini kengaytirish yo‘llari muhokama qilindi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
 
Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Belarus: tibbiyot sohasida hamkorlik rivojlanadi