O‘zbekiston – Belarus: savdo-iqtisodiy aloqalar kengaytiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha komissiya a’zolarining onlayn shaklda uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi do‘stona va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni mustahkamlash, parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, oliy va yuqori darajadagi kelishuvlar ijrosini ta’minlash, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik, mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni parlament tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilish uchun komissiyaning muntazam yig‘ilishlarini o‘tkazish zarurligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida parlamentlararo muloqotni chuqurlashtirish va mintaqaviy aloqalarni rivojlantirishga kelishib olindi.
N.Abduraimova, O‘zA