Özbekiston Barqaror rivojlaniş uçun sifat infratuzilmasi indeksida 67-örinni egallagan
Parlament quyi palatasi majlisida Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi direktori A.Zakirovning “Texnik jihatdan tartibga soliş sohasida davlat boşqaruvini samarali taşkil etiş, raqamlaştiriş hamda şaffof va korrupsiyadan xoli tizimni şakllantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar töğrisida”gi parlament söroviga berilgan javobi körib çiqildi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda mahsulotlar xavfsizligini taʼminlaş, savdodagi texnik tösiqlarni kamaytiriş va mahalliy işlab çiqaruvçilarning raqobatbardoşligini oşirişga qaratilgan islohotlar davom ettirilmoqda. Bu borada joriy yilda 2 ming 240 ta xalqaro standart qabul qilinib, milliy standartlarning xalqaro standartlar bilan uyğunlaşganlik darajasi 85 foizga yetkazilgan.
BMTning Sanoatni rivojlantiriş taşkiloti (UNIDO) tomonidan 2026-yil noyabr oyida eʼlon qilingan hisobotga köra, Özbekiston Barqaror rivojlaniş uçun sifat infratuzilmasi indeksida 170 ta davlat orasida 67-örinni egallagan. Bu avvalgi natijaga nisbatan 28 poğona yuqori körsatkiçdir. Mamlakatimiz mazkur reytingda öz örnini eng jadal yaxşilagan beşta davlat qatoriga kirgan.
“Texnik tartibga soliş” milliy axborot tizimi orqali 397 mingdan ortiq elektron ariza qabul qilinib, 297 mingta muvofiqlik sertifikati rasmiylaştirilgan. Tizim 40 dan ortiq davlat organi va taşkilot bilan integratsiya qilingan. Nomuvofiq mahsulotlar reyestri işga tuşirilib, unga 194 ta mahsulot kiritilgan, “Sifat böyiça kömakçi” elektron platformasi yaratilgan.
Tizimda korrupsiyaviy holatlarning oldini oliş va oçiqlikni taʼminlaş borasida Agentlik va uning tizim taşkilotlarida xodimlarning manfaatlar töqnaşuviga oid deklaratsiyalari tahlil qilingan. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaş uslubiyoti, xavf-xatarlar xaritasi hamda korrupsiyaga qarşi kuraşiş dasturi işlab çiqilib, amaliyotga joriy etilgan.
Muhokamalar davomida deputatlar milliy muvofiqlik belgisi va bozor nazoratini joriy etiş mexanizmlarini öz vaqtida tayyorlaş, xalqaro standartlarni qabul qilişni jadallaştiriş hamda davlat xizmatlarini töliq raqamlaştiriş yuzasidan tegişli tavsiyalar berdi.
M.Komilova,
ÖzA