O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2025 yilning 1 fevral holati bo‘yicha O‘zbekiston bank tizimidagi raqobat darajasini tahlil qildi.

Bank bozoridagi raqobat darajasini baholash uchun Herfindal-Xirshman indeksi (HHI) qo‘llanildi. Bu indeks bo‘yicha bozor raqobat darajasi past (2500-10000), o‘rtacha (1500-2500) va yuqori (1500 dan past) guruhlarga bo‘linadi.

2025 yil 1 fevral holatiga aktivlar bo‘yicha hisoblangan HHI indeksi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 72 birlikka yaxshilanib, 800 ni tashkil etdi. Bu raqobat muhiti yaxshilanib borayotganidan dalolat beradi. Ushbu davrda tijorat banklari jami aktivlari 17,7 foizga o‘sib, 768 trillion so‘mni tashkil qildi. Xususiy va chet el kapitali ishtirokidagi banklarning bank tizimi jami aktivlari hajmidagi ulushi 34,5 foizga yetdi.

Kreditlar bo‘yicha hisoblangan HHI indeksi 57 birlikka yaxshilanib, 918 ga teng bo‘ldi. Xususiy va chet el kapitali ishtirokidagi banklar ajratgan kreditlar jami tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar hajmining 31 foizini tashkil qildi.

2025 yil 1 yanvar holatiga tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar 533,1 trillion so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 1 fevralga kelib 534 trillion so‘mga yetdi. Shuningdek, jismoniy shaxslarga berilgan mikroqarzlar hajmi 75 foizga oshgan.

2025 yil 1 fevral holatiga depozitlar bo‘yicha HHI indeksi 636 birlikni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32 birlikka yaxshilandi. Jami depozitlar hajmi 310,2 trillion so‘mga yetdi, bu esa 28,1 foizlik o‘sishni ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, milliy valyutadagi depozitlar hajmi 36 foizga, chet el valyutasidagi depozitlar esa 7,4 foizga oshgan. Chet el valyutasi bank depozitlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 2024 yil boshida 4,7 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, yil yakunida 5,3 foizga yetdi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, bank sektorida raqobat darajasi ortib boryapti. Davlat ishtirokini kamaytirish, xorijiy investorlarni jalb qilish kabi chora-tadbirlar bank tizimini yanada rivojlantirishga va raqobat muhitini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

N.Ziyodullayeva tayyorladi,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston bank tizimida raqobat kuchaymoqda