Xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun hududning ekoturizm salohiyatini keng jamoatchilikka tanitish va barqaror turizmni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida Nurota tumanidagi “Sentob” turizm qishlog‘iga press-tur tashkil etildi.

Press-turda Italiyaning milliy “Rai-3” telekanali, shuningdek, respublika va mahalliy OAV vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi. Ular “Sentob” qishlog‘ining ekologik turistik maskanlarida bo‘lib, ekoturizm imkoniyatlari hamda barqaror rivojlanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslar, qishloqning tabiiy go‘zalliklari, tarixiy obidalari, mahalliy aholisining urf-odatlari va milliy hunarmandchilik an’analari bilan yaqindan tanishdi.

Navoiy viloyati mamlakatimizdagi eng yosh viloyat bo‘lsa-da, hududi jihatidan eng katta maydonga egaligi bilan ajralib turadi. O‘zining boy tarixi va o‘lmas an’analari, tarixiy obidalari, ulug‘ qadamjolari, so‘lim tabiati, purviqor tog‘lari, bepoyon cho‘llari hamda marvarid ko‘llari bilan mashhur bo‘lgan Navoiy zamini hamisha sayyohlar e’tiborini o‘ziga tortib kelgan. 

[gallery-25944]

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Navoiy viloyatida ham turizm sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, bu zamin sayyohlik uchun ajoyib lokatsiyalardan biridir. Buni keyingi yillarda hududga tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlar sonining oshib borayotganida ham ko‘rish mumkin. 

2023 yilda Nurota tumanidagi Sentob qishlog‘i “Turizm qishlog‘i” maqomiga ega bo‘lgan bo‘lsa, shu yilning o‘zida BMT bosh Assambleyasining Samarqand shahrida o‘tkazilgan sessiyasida Butunjahon turizm qishloqlari ro‘yxatiga kiritildi. 2024 yilda esa Xatirchi tumanidagi Langar mahallasi “Turizm mahallasi” maqomiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, ayni paytda Nurota tumanidagi Chuya va Xatirchi tumanidagi Angidon mahallalarida “Turizm mahallasi” maqomini olish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. 

Quvonarlisi, viloyatdagi bu kabi imkoniyatlar va sayyohlik uchun yaratilayotgan qulayliklar, infratuzilma hamda turizm muhiti xorijiy jurnalistlar nazaridan ham chetda qolayotgani yo‘q. Keyingi yillarda ko‘plab xalqaro darajadagi xorijiy OAV vakillari viloyatda bo‘lib, betakror zaminning boy imkoniyatlari, flora va fauna dunyosi, tabiatning go‘zal mo‘’jizalari haqida turkum materiallar tayyorlamoqda. 

Nurota tumanidagi “Chashma” ziyoratgohi va uning atrofidagi muqaddas maskanlar italiyalik jurnalistlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Qolaversa, Sentob qishlog‘idagi o‘ziga xos tabiat manzaralari va betakror go‘zallik, mehmondo‘stlik va ma’naviy qadriyatlar endilikda Italiya telekanallari orqali namoyish etilib, yevropalik sayyohlarni ham o‘ziga maftun etadi. 

Italiyadan tashrif buyurgan jurnalistlar hududning osoyishtaligi, insonlarning mehmondo‘stligi-yu, bag‘rikengligi va tabiat go‘zalliklaridan hayratlanib, Nurota tumanini “O‘zbekiston bag‘ridagi mo‘’jiza”ga qiyoslashdi. 

Quvonarlisi, bugun xorijiy OAV vakillari O‘zbekistonni, xususan, Navoiy viloyatini dunyoga tanitishga hissa qo‘shmoqda. Zero, viloyatda e’tiborni tortadigan, havasni uyg‘otadigan, o‘ziga mahliyo va maftun etadigan manzillar, qadriyatlar va an’analar, sayyohlik imkoniyatlari beqiyos. 

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston bag‘ridagi mo‘’jiza