Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamkorligida trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbir “Mahalliy davlat hokimiyati organlarini rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida uyushtirildi. Unda Jizzax viloyatidagi Sharof Rashidov, Paxtakor hamda Zafarobod tumanlari hokimlarining o‘rinbosarlari hamda AQSH xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) ushbu qo‘shma loyiha rahbari janob Robert Bodo ishtirok etdi.  

Mazkur treningda  yuqorida qayd etilgan tumanlar hokimliklari tomonidan qo‘shma loyihani amalga oshirish doirasida davlat va nodavlat tashkilotlarda tashkil etilgan ishchi guruhlari uchun mahalliy darajada xizmatlar ko‘rsatishni yanada takomillashtirish yuzasidan yo‘l xaritasi(SIAP)dagi maqsad va vazifalar hamda ishlab chiqish metodikasiga asosiy e’tibor qaratildi.  

Trening ishtirokchilari tadbir davomida  Iordaniya davlatidan tashrif buyurgan xalqaro ekspert janob Muhammad Alamushning “Qo‘shma loyiha: maqsad va vazifalar, kelgusidagi istiqbolli rejalar” mavzusidagi ma’ruzasida bildirgan fikr-mulohazalarini katta qiziqish bilan tingladi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga xorijlik mutaxassislardan  javoblar oldi.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – AQSH: qo‘shma loyiha doirasida trening