Bugun poytaxtimizda joylashgan SAEx ko‘rgazmalar saroyida IV Toshkent Xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston-Amerika biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tarixida muhim voqeaga aylangan ushbu anjuman Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Amerika-O‘zbekiston Savdo palatasi (AUCC) hamkorligida tashkil etildi.

Mamlakatimiz Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev yurtimizda investorlar huquqi qonun bilan to‘liq kafolatlangani, yangi biznes sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish soddalashtirilgani, barqaror iqtisodiy o‘sish ta’minlanayotgani, malakali va yosh ishchi kuchi yetarli ekani, tabiiy resurslar ko‘pligi, qolaversa O‘zbekiston Sharq va G‘arb, Shimol va Janubni bog‘laydigan asosiy yo‘llar chorrahasida joylashganini ta’kidladi.

Ikki davlat ishbilarmon va davlat idoralari vakillaridan iborat 150 ga yaqin ishtirokchi orasida ishlab chiqarish, raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, moliya, sog‘liqni saqlash kabi muhim sohalarda faoliyat yuritayotgan 100 ga yaqin yetakchi kompaniyalar vakillari ko‘pchilik.

Xususan, “Boeing”, “Visa”, “Coca-Cola”, “Medtronic”, “John Deere”, CNH, “Morgan Stanley”, NASDAQ, “Abbott” kabi dunyoga mashhur korxonalar rahbarlari, shuningdek AQSHdagi yetakchi sarmoyaviy jamg‘armalar, universitetlar, yuridik, muhandislik va texnologiya kompaniyalari vakillari tashrif buyurgani bu galgi Toshkent investitsiya forumining nufuzi har qachongidan ham yuqoriligidan dalolat.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/LEqmHWtH6yg?si=xFB3T5T2hSLJtKAK" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston –AQSH: biznesda yangi qadamlar