O‘zbekistondagi birinchi anorchilik xo‘jaligi tashkilotchisi va rahbari professor Masturaxon Sayfitdinova “Anor – mevalarning qiroli”, degan edi. Bu tarif umumlashma bo‘lib, anorning inson uchun ne chog‘li foydali ekanidan to uni yetishtirishning o‘ziga xos jihatlarigacha qamrab olgan.

U qonni suyultiradi, yurakka quvvat bag‘ishlaydi, hujayralarni tiklaydi va faollashtiradi. Shu kunlarda esa olimlar anordan sil kasalligini davolovchi eng samarador dori-darmon kashf etdilar... Xullas, anor inson salomatligiga xizmat qiluvchi “mevalar qiroli” degan nomni bejiz olmagan.

O‘zbekiston anor yetishtiruvchi va eksport qiluvchi dunyo mamlakatlaridan biridir. Qolaversa, “anor ilmi” rivojiga ulkan hissa qo‘shayotgan davlat ham O‘zbekiston. Dunyoda anorning 500 turi ma’lum bo‘lsa, uning 250 turi yurtimizda yaratilgan va yetishtirib kelinmoqda. Tuya tishi, qora dona, qayum, qizilpo‘choq, nordon anor kabi navlar mashhur.

Farg‘ona viloyati – anorchilik maktabi rivojlangan hudud. Aynan shuning uchun bu yerda “Anorchilik sohasini yanada rivojlantirish istiqbollari, mavjud muammolar va kelgusidagi dolzarb vazifalar” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda barcha viloyatlardagi anor yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va eksport qiluvchilar, olim va seleksiyachilar ishtirok etdi. Muloqot, o‘zaro tajriba almashuv, muammolar muhokamasi samimiy hamda oshkora tarzda o‘tdi. Har kim o‘z yutuq va rejalarini o‘rtoqlashdi.

Anorchilikdagi Farg‘ona tajribasi avvalo bog‘ paykallarida o‘rganildi. O‘zbekiston Prezidentining Farg‘ona viloyatiga tashrifidan so‘ng anorchilik ilmga asoslangan bog‘dorchilikka aylandi.

– Quvaning o‘zida 2000 gektardan ziyod anorzorlar bor. Hozirgacha faqat ota-bobolarimizning tajribasiga asoslanib faoliyat olib borar edik, – deydi Anor yetishtiruvchilar uyushmasi rahbari Masturaxon Sayfitdinova. –Hozir Farg‘ona davlat universitetidagi kafedraning o‘zida 10 dan ziyod tadqiqotchilar anor ilmi bilan shug‘ullanyapti. Ekologik toza, ertapishar, serhosil va donlari katta bo‘ladigan anor navlarini yaratish ustida ishlayapmiz.  

So‘nggi besh yilda Farg‘ona viloyatida anor yetishtirish hajmi olti barobarga o‘sdi. Ya’ni 2021 yildagi 10,2 ming tonnadan 63,5 ming tonnaga yetdi.

Anorni saralash va qadoqlash, tayyor mahsulotga aylantirish, konsentrat holda qayta ishlash va shok muzlatish yo‘lga qo‘yilgach, Quva anorini sotib oluvchi davlatlar qatori kengayib, Yevropagacha yetib bordi.

Ammo anor yetishtirishning o‘ziga xos “sir”lari bor. Maydonlarning kengligi, ko‘chatning shamol yo‘liga qarab ekilishi, qishda sovuqdan asrashning samarador usullarini qo‘llash, yozda mevani anomal issiqdan himoya qilish choralarini ko‘rish, yangi tezpishar navlar yaratish, texnik va biologik vositalardan foydalanish... Boringki, anorchilik katta ilm bo‘lib, uning bilimdonlari Farg‘onada barcha masalalarni muhokama qildilar.

– Anor mevasini qayta ishlab uning sharbatini olib sotishni yo‘lga qo‘ydik, – deydi Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidan kelgan anorchi-bog‘bon Isroil Ne’matov. – Avstriyadan anorni qayta ishlash texnologik liniyalarini olib keldik. Qayta ishlangan anorning po‘stlog‘i, doni va boshqa chiqindilaridan farmatsevtika hamda oziq-ovqat sanoati uchun mahsulotlar ishlab chiqarmoqdamiz. Masalan, anorning po‘stlog‘i va bargidan xushbo‘y va shifobaxsh choy tayyorladik. Shuningdek, anor chiqindilaridan sirka ham olyapmiz.  

Seminarda Surxon anorchilarining taklif va tavsiyalari, tajribalariga ham qiziqish katta bo‘ldi.

– 40 yildan buyon anorchilik bilan shug‘ullanaman. Ustozim otam bo‘ladi, – deydi “Rasulov Toji” MCHJ rahbari, sherobodlik mashhur anorchi-bog‘bon Toji Rasulov. –150 gektar anorzorimiz bor. Hammasida ko‘chatlar to‘liq va hammasida barakali hosil bor. Bundan tashqari, qishlog‘imizda anor ekilgan maydonlar 1000 gektarga yetdi. Anorni yaxshi parvarishlasak, issiq va sovuqdan asrasak, gektaridan 40 tonnagacha hosil olish mumkin. 2024 yilda 400 tonna hosil olindi, uning  200 tonnasi eksportga yo‘naltirildi.

Toji aka Rasulovning fikricha, O‘zbekistonda anorzor bog‘lar maydonini 500 ming gektarga yetkazish mumkin. Buning shartlari bor, albatta.

– 80 gektar anorzorga tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatyapman. Davlat qo‘llab-quvvatladi. Umuman, tog‘ zonalarida 5-6 ming gektar suvsiz maydonlar bor. Shularni anorzorga aylantirish niyatimiz bor. Menimcha tomchilatib sug‘orish uslubini barcha bog‘bonlar joriy etishi lozim. U dorini tejaydi, yerni o‘t bosmaydi, – deydi mohir bog‘bon.    

Anjuman ishtirokchilari “Uz–Segang” O‘zbekiston - Janubiy Koreya qo‘shma  korxonasida ham bo‘ldilar. 10,2 million dollarlik loyiha amalga oshirilib, anorni qayta ishlash tizimi yaratildi bu korxonada. Eksport quvvati va yo‘nalishlari ham hayratlanarli.

[gallery-25009]

– Korxonamiz Janubiy Osiyo va MDH davlatlariga mahsulotlarni faol eksport qilib kelmoqda. 2024 yil yakuni bo‘yicha 15 million dollarlik eksport amalga oshirdik, – deydi “Uz–Segang” rahbari Xurshid Normatov.

Mahsulot liniyada go‘yo rentgendan o‘tadi: hajmiga qarab saralab qolmay, ichki qismini ham tahlil qiladi: qanchalar pishganligi, hashoratdan zararlanganligi, mazasi, anor donalarining katta-kichikligi, hatto rangi aniqlanadi. Shu birgina korxona yiliga 20 mln.dollarlik eksport qila oladi. Shu paytgacha  mevani yetishtiruvchidan sotib olgan bo‘lsalar, endi o‘zlari ham qayta ishlovchi, ham yetishtiruvchiga aylandi.

– Hozir Farg‘ona viloyatida 500 gektar anor va gilos bog‘larimiz mavjud. 2026 yildan boshlab o‘zimizning bog‘lardagi mahsulotlarni saralab qadoqlab, eksportini amalga oshiramiz, – deydi Xurshid Normatov.

Ha, ilgari faqat paxtaning ketidan yurgan xalqimiz Prezidentimizning tashabbusi va yaratib bergan sharoitlari tufayli bog‘dorchilikda, xususan, anorchilikda ham dunyoning yetakchi davlatlaridan biriga aylanmoqda.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5YcJQl3pTqo" title="O‘zbekiston anor yetishtiruvchi yetakchi mamlakatlardan biriga aylanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (surat, video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston anor yetishtiruvchi yetakchi mamlakatlardan biriga aylanmoqda (+video)