O‘zbekiston “Adolat” partiyasi 30 yoshda
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (SDP) tashkil topganining 30 yilligi munosabati bilan partiyaning Farg‘ona viloyat Kengashi tomonidan tantanali tadbir tashkil etildi.
“Wine garden” tantanalar saroyida o‘tkazilgan marosimda partiyaning viloyat, shahar tuman Kengashlari raislari va deputatlar, partiya faxriylari va faollari ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi mamlakatimizdagi o‘z nufuziga ega bo‘lgan siyosiy partiyalardan biri bo‘lib, 1995 yil 18 fevralda partiya ta’sis qurultoyida tashkil topgan.
O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona viloyat Kengashi tarkibida bugun partiya a’zolari soni 70 mingdan ortgan.
Bayram tadbirida so‘z olgan viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshid Ahmedov, viloyat Kengashi raisi Shahnoza G‘aniyevalar barchani bayram bilan qutlab, “Adolat” partiyasini xalq orasidagi taniluvchanligini yana oshirish, “Adolat” qabulxonasiga qilingan murojaatlarni tizimli hal etish kabi vazifalarni muvaffaqiyatli ado etib kelayotgan partiya faollari, deputatlarga “Adolat” partiyasining ko‘krak nishoni, statuetkasi va tashakkurnomalarini tantanali ravishda topshirdi.
[gallery-21921]
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi Ilhom Ibrohimov hamda xalqaro tanlovlar g‘olibi Aqilbek Piyazov va yosh iste’dodlar dilrabo kuy-qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA