Yurtimizda barcha sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga ko‘tarishda “O‘zbekiston-2030" strategiyasi muhim dasturulamal bo‘ldi. Yangi davr bosqichini o‘zida ifodalagan mazkur hujjatda ko‘plab yo‘nalishlar qatori sog‘liqni saqlash sohasiga oid maqsad-vazifalar ham o‘z aksini topgan.

Jumladan, “O‘zbekiston-2030" strategiyasida aholining o‘rtacha umr davomiyligini oshirish, birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish, bolalar o‘rtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish, onkologik kasalliklarni erta aniqlash va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish hamda tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish masalalari ham ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Mazkur yo‘nalishdagi maqsad-vazifalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatida asosiy muhokama mavzusi bo‘ldi. Tadbirda qo‘mita raisi o‘rinbosari Maqsuda Vorisova ma’ruza qilib, Strategiyada belgilangan aniq vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi:

– “O‘zbekiston – 2030" strategiyasida aholi salomatligini saqlash borasidagi maqsad-vazifalar alohida ahamiyatga ega. Hujjatga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan boshlab, virusli gepatitning “C” turi bilan kasallangan bemorlarni, gemotopoetik suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi muolajasiga muhtoj onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni to‘liq Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan davolash yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya hamda dori vositalari bilan ta’minlash ishlari “vaucher” tizimi asosida bosqichma-bosqich tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. Bunda nogironligi bo‘lgan shaxslarga tovar va xizmatlarni o‘zlari tanlagan yetkazib beruvchidan xarid qilish imkoniyati yaratilib, ularning xarajatlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Bularning barchasi yurtdoshlarimiz salomatligini asrab-avaylashga, bemorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Davra suhbatida “O‘zbekiston – 2030" strategiyasining mamlakatimiz ravnaqi va aholi farovonligida tutgan o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Hujjatning ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish zarurligi ta’kidlandi.

M.Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston-2030" strategiyasida sog‘liqni saqlash sohasiga oid vazifalar o‘z aksini topgan