Bugun yurtimiz hayotining barcha jabhalarida o‘zgarish, islohotlar epkini kuzatilmoqda. Yangi zamon ruhi kirib bormagan, inson manfaatiga ustuvor ahamiyat qaratilmayotgan biror-bir soha yo‘q. Ayniqsa, so‘nggi yetti yildagi tadrijiy rivojlanish bosqichlariga nazar solsak, ularning mazmun-mohiyatida xalqimiz xohish-irodasi, yillar davomida fuqarolarning tinchlik-xotirjamligiga to‘siq bo‘layotgan og‘riqli muammolar yechimi turgani yanada ahamiyatlidir. Bir so‘z bilan aytganda, bunday tarixiy evrilishlar o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Mazkur islohotlar zamirida aniq va rejali maqsad, qat’iyat, kuchli siyosiy iroda mujassam.

2023 yil 30 aprelda o‘tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish orqali O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilingani Yangi O‘zbekistonni barpo etishning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlashga xizmat qildi. Mazkur hujjat yurtimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va ulkan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish dolzarb ahamiyat kasb etadi. 

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 11 sentyabrida imzolangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmon hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga tayanch vosita bo‘lib xizmat qildi deyish mumkin. Zero, farmon muqaddimasida “yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish talab etilmoqda”, deb alohida ta’kidlangani bejiz emas. Natijada yurtdoshlarimizning yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash ustuvor maqsad sifatida belgilangani qayd etildi.

Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 19 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida so‘zlagan nutqlarini yodga olsak: 

“Biz Asosiy qonunimizda millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning tengligi, inson huquqlari, so‘z va vijdon erkinligi prinsiplariga sadoqatimizni yana bir bor tasdiqladik.

Mana shunday huquqiy asosda “O‘zbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasini qabul qildik. Bu strategiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga uyg‘un bo‘lib, biz o‘z zimmamizga olgan barcha majburiyatlarni to‘la va qat’iy bajarmoqdamiz”.

Ma’lumki, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 100 ta muhim maqsad o‘z aksini topgan bo‘lib, mazkur hujjat orttirilgan tajriba, xalqaro ekspertiza va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqildi.

O‘z navbatida, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ushbu hujjatning “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan. Strategiyada belgilangan yo‘nalishlarning barchasida aholi, ya’ni xalq va mamlakat manfaatlari birinchi o‘ringa qo‘yildi.

Jumladan, Strategiyaning IV bobi “Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish” yo‘nalishiga bag‘ishlandi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha 16 ta maqsad (74-89-maqsadlar) doirasida 51 ta amaliy chora-tadbir va 21 ta vazifani o‘zida qamraydi. Bunda mahalla, mahalliy davlat organlari, vakillik organlari, davlat xizmati, fuqarolik jamiyati institutlari, sud-huquq, inson huquqlari, advokatura, korrupsiya masalalariga oid 41 ta maqsadli ko‘rsatkichni ishlab chiqish va 25 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash nazarda tutilgan. Xususan, “Xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish va jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha islohotlar” hamda “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimidagi islohotlar” kabi bandlarda bir qator vazifalar belgilandi:

– Elektron shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ulushini 100 foizgacha yetkazish;

– “Elektron hukumat” tizimining yangi bosqichi – “Raqamli hukumat” tizimiga o‘tilib, barcha hujjatlar va munosabatlarning raqamli shaklda bo‘lishini ta’minlash;

– Fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanishi uchun murojaat qilishida ariza yozish, turli shakllarni to‘ldirish kabi ortiqcha formal tartiblarni bekor qilish, davlat idoralari zarur hujjatlarni elektron bazadan o‘zi oladigan tizim yaratish.

Muxtasar aytganda, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi nafaqat yurtimizning kelgusi yetti yillik taraqqiyotini, balki uning uzoq yillik rivojlanish strategiyasini belgilab beruvchi muhim hujjatdir. Unda belgilangan maqsadlarning ijrosi o‘z vaqtida ta’minlanishi esa davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Erkinjon MAHMUDOV,

Qo‘qon shahar adliya bo‘limi boshlig‘i.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: maqsad va vazifalar