“Özbekiston - 2030” strategiyasi: 67 mingdan ortiq kvartira foydalanişga topşirildi
Har bir oila öz uyiga ega bölişni, farzandlari bilan şinam va qulay xonadonda yaşaşni istaydi. Yangi uyning kalitini qölga oliş esa inson hayotidagi unutilmas voqealardan biri. Şu maʼnoda, yurtimizning turli hududlarida qad rostlayotgan köp qavatli uylar va yangi turar joylar minglab oilalar uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçmoqda.
Ana şu ezgu maqsad yölida mamlakatimizda aholini uy-joy bilan taʼminlaş, zamonaviy turar joylar quriş va hududlarda qulay yaşaş şaroitlarini yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada urbanizatsiya darajasini oşiriş, yangi turar joy massivlarini barpo etiş va zarur infratuzilmani rivojlantiriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirining matbuot kotibi - Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boşqarmasi boşliği Ravşana Umarovaning taʼkidlaşiça, keyingi ön yillikda uy-joy qurilişi sohasida katta hajmdagi işlar amalga oşirilgan. Bu esa aholining turar joy şaroitlarini yaxşilaşda muhim omil bölmoqda.
– Sönggi 10 yilda mamlakatimizda 12 mingta köp qavatli uy qurildi. Natijada 600 mingdan ortiq xonadon yangi egalariga topşirildi. Şu bilan birga, aholi jon boşiga töğri keladigan uy-joy maydoni ham 19,2 kvadrat metrdan oşdi.
Bugun respublika aholisi 39,5 million kişini taşkil etmoqda. Mamlakatda urbanizatsiya darajasi 54,4 foizga yetgan. “Özbekiston - 2030” strategiyasida esa uşbu körsatkiçni 60 foizga oşiriş vazifasi belgilangan. Bu maqsadga erişiş şaharsozlik, uy-joy qurilişi va zarur infratuzilmani yanada rivojlantirişni taqozo etadi.
Joriy yilda ham bu yönalişdagi işlar davom etmoqda. Hozirga qadar 67 ming 859 ta kvartira foydalanişga topşirildi. Eʼtiborlisi, bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 13 ming 683 taga köp bölib, ösiş surʼati 25,2 foizni taşkil etdi, – dedi R.Umarova.
Uy-joy qurilişi haqida gap ketganda, “Yangi Özbekiston” massivlarini ham alohida qayd etiş lozim. Bu loyihalar asnosida hududlarda yangi turar joylar barpo etiş bilan birga, aholi uçun zamonaviy yaşaş muhitini şakllantirişga ham eʼtibor qaratilmoqda.
Jumladan, 2022-2025-yillar davomida mazkur massivlarda 55 ming 264 ta kvartira qurilib, foydalanişga topşirildi. Bu boradagi işlar joriy yilda ham keng kölamda olib borilmoqda. Xususan, 61 ta massivda jami 33 ming 926 ta kvartira quriş rejalaştirilgan. 1-oktabr holatiga ularning 13 ming 408 tasi qurib bitkazilib, foydalanişga topşirildi.
Uy-joy qurilişidagi bunday körsatkiçlar sohadagi işlar kölamini namoyon etadi. Zero, har bir yangi xonadon - yana bir oila uçun qulay yaşaş şaroiti, yangi manzil va kelajakka işonç demakdir. Eng muhimi, bu jarayonlar hududlarning rivojlanişi va aholi turmuş darajasining yaxşilanişiga xizmat qilmoqda.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA