Matonat uchun hamon oʻrnatilmayotgan haykal

Vatanni sevish, unga sadoqatli boʻlish uchun oʻlish shart emas. Shunchaki, bu yoʻlda kerak boʻlsa, oʻlimni boʻyinga olish, millati uchun har qanday xatarning yuziga tik boqishni anglatadi bu tuygʻu.

Fargʻonalik beklar avlodidan boʻlgan Muhammad Aminbek –Madaminbek ham Turkiston sarhadlaridan bosqinchilarni quvish yoʻlida oʻlimni boʻyniga olganlardan edi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/JMLUTdBVMPA" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

ISTIQLOLCHILIK HARAKATI

1918-yilda Turkiston ziyolilari va siyosatchilarining qonuniy yoʻl bilan mustaqil davlat yaratishga boʻlgan harakati qurol kuchi bilan bostirilgan.

72 kun umr koʻrgan Turkiston muxtoriyati tugatilgach, rus Kavkazlari hamda arman dashnoqlari Qoʻqon va boshqa shaharlarda xalqni ayovsiz qira boshladi. “Ulugʻ Turkiston” gazetasi bu holatni “Qoʻqon — oʻliklar shahriga aylandi” deb yozgan edi. 1918-yil 19-fevral kuni Qoʻqon qonga botirilgach, Madaminbek ortiq chidab turolmaydi.

Bu shafqatsizliklarga qarshi yurt oʻgʻlonlari qoʻliga qurol oldi. Mazkur harakatning yoʻlboshchisi Madaminbek boʻldi. U 25 yoshidayoq 100 mingga yaqin yurt oʻgʻlonlariga qoʻmondonlik qildi. Sovet tarixchiligi va siyosiy ritorikasida “bosmachilar” deb atalgan bu harakat aʼzolari sekin-asta yirik guruhlarga birlasha boshladi. Shu tariqa milliy ozodlik harakati suronli kurashlarni boshdan kechirdi.

Biroq, “Bir millatni yoʻq qilish uchun uning tarixini yoʻq qilish kerak”, deb bejiz aytishmagan.

Zero, sal kam bir asrlik mafkura hanuz milliy ozodlik harakati aʼzolariga hayiqib qarashimizga, jasoratini xiyonat deb taʼriflashga majbur qildi. Matonat va jasoratga qorishgan bu oʻtmish xalq koʻzidan pana qilindi. Ularga bosqinchi sifatida qarash sovet tarixchiligining mayogʻi boʻldi.

Professor Qahramon Rajabovga koʻra, Madaminbek kabi istiqlolchilik harakati namoyandalariga yodgorlik oʻrnatish fursati bugun emas, allaqachon kelgan. Ammo, bunga jasorat yetishmayapti, xolos. Olimning aytishicha, Fargʻona shahar hokimligiga bu borada olimlar bir necha bor murojaat qilgan, lekin istiqlolga 31 yil toʻlgan boʻlsa-da, bugungacha, vodiyning biror hududiga ozodlik harakati ramzini ifodalovchi yodgorlik oʻrnatilganicha yoʻq.

Qirgʻizistonning Olay togʻ tizmalari oraligʻidagi “Shigʻay” qishlogʻida jasoratli qoʻmondon nomi bilan tillarga tushgan Muhammad Aminbekning qabri joylashgan.

Unda quyidagi yozuvni oʻqish mumkin:

Muhammad Aminbek Ahmadbek oʻgʻli

1892–9.04. 1920.

Turing begim gunohlarni yuvaylik,

Bosqinchini Ona yurtdan quvaylik.

Umrining soʻngi yillarida Qirgʻiziston hududi orqali ozodlik harakatini olib borgan Madaminbek yovlar tomonidan shafqatsizlarcha oʻldirildi, uning boshi dushmanlarga yetkazilib, oʻsha hududga dafn etildi. Afsuski, mazkur qabr oradan 100-yildan oshiq vaqt oʻtsa-da, hurriyat shamollaridan bexabar, togʻlar orasida turibdi.

Maftuna Karimova, OʻzA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbek xalqidan berkitilgan qahramon – Madaminbek jasorati (+Video)