O‘zbek va rus xalq latifalarining janriy tabiati va tipologik modellari
G‘ayratbek Oybek o‘g‘li XOLBUTAYEV dotsent filologiya fandari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Qo‘qon universiteti Andijon filiali Andijon, O‘zbekiston gayratbek19912705@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek va rus xalq latifalarining janriy xususiyatlari, sotsiologik va strukturalistik jihatlari qiyosiy tahlil qilingan. Yu.M.Sokolov va V.Ya.Propp kabi olimlarning metodologik yondashuvlariga tayanilgan holda, latifalarning universal sxemasi (vaziyat → kutilma → puant) hamda milliy-madaniy kontekstdagi farqlari yoritilgan. Har ikki xalq latifalari tematik, struktural va funksional mezonlar asosida tasniflangan hamda o‘zbek latifalaridagi “hikmatli yumor” va rus latifalaridagi “satirik-ijtimoiy model”ning o‘ziga xosliklari dalillangan.
Tayanch so‘zlar: latifa, folklor, puant, tipologiya, komizm, Afandi, ijtimoiy satira, o‘zbek va rus folklori, struktural tahlil.