Keyingi yillarda o‘zbek tili madaniy ahamiyati nuqtai nazaridan millatlararo muloqot vositasiga aylanib boryapti. Maqolamiz qahramonlari Xurshid Musurmonov va Dajen Sin ham ona tilimizni o‘rganish, o‘rgatish orqali Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy almashinuvga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi mutaxassislardir.

Xurshid Musurmonov 1989 yil Samarqandda tug‘ilgan. 2014 yil Samarqand davlat chet tillar institutini xitoy tili mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan Xurshid Shanxay xorijiy tillar universitetida “Xorijliklarga xitoy tilini  o‘qitish” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada o‘qishni davom ettirish huquqini beruvchi grant yutib oldi.

O‘qishdan so‘ng yosh hamyurtimiz Shanxayda qoladi va mehnat faoliyatini chet elliklarga o‘zbek tilini o‘qitishdan boshlaydi. Aslida, uning ustozlik faoliyati 2015 yil, magistraturada o‘qigan paytlaridayoq boshlangan: o‘shanda xitoylik talabalarga, rus tili kafedrasi o‘qituvchilariga bizning ona tilimizdan dars bergan. Xurshid ish jarayonida an’anaviy va zamonaviy uslublardan keng foydalanadi, talaffuzga, audiovizual materiallarga alohida e’tibor qaratadi.

Tilimiz tovush tizimidagi farq tufayli o‘zbek tilini o‘rganayotgan xorijliklar, ayniqsa xitoyliklar muayyan qiyinchilikka duch kelishi tabiiy. Shu bois Xurshid va uning hamkasblari talabalar talaffuz qilishni  o‘zlashtirib olishi va tushunishi uchun astoydil harakat qilishadi. Hozircha chet elliklar uchun maxsus darsliklar yo‘qligi bois, ular o‘z o‘quv materiallarini ishlab chiqishmoqda.

Dajen Sin 2016 yil boshida o‘zbek tilini o‘rganish maqsadida yurtimizga kelgan. O‘zining aytishicha, vaqt o‘tishi bilan u ona tilimizga tobora ko‘proq bog‘lanib qolganini his etgan. Oradan ancha vaqt o‘tishiga qaramay, Dajenning qiziqishi haliyam so‘nmagan. Sin shu yil avgustda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘qishni tamomlab, doktorlik darajasini oldi. Qayd etish kerak, u mazkur oliy ta’lim dargohida o‘quv dasturini  muvaffaqiyatli tugatgan ilk xitoylik doktorant sifatida tarixda qoladi.

Chinlik yigit o‘z muvaffaqiyati sirini o‘qituvchilari, kursdoshlari va o‘zbek do‘stlarining beqiyos yordami bilan bog‘laydi.

[gallery-14282]

Sin tilni insonlar o‘rtasidagi muloqot ko‘prigi, deb biladi. Tilning ajralmas, boy qismi sifatida maqol va matallar ulkan ahamiyat kasb etishini ta’kidlaydi. Va shu bois, o‘zbek va xitoy tillaridagi maqollar, matallarni  chuqur tadqiq etmoqda.

Tahsildan so‘ng Xitoyga qaytgan bo‘lsa-da, Dajen Sinning o‘zbek tiliga qiziqishi hamon kuchli. U ona tilimizni yanada chuqur o‘rganishda davom etyapti va bu borada xitoyliklarga ham ko‘maklashish niyatida.

Abduaziz Xidirov,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek tili madaniy almashinuv ko‘prigiga aylanmoqda