O‘zbek tili: buyuk merosdan buyuk kelajak sari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilanxalqimizga va xorijdagi vatandoshlarimizga yo‘llagan tabrigi davlat tili rivoji,uning jamiyatdagi o‘rni hamda global maydondagi istiqboliga doir muhim strategikyo‘nalishlarni qamrab olgan tahliliy dastur vazifasini o‘taydi. Tabrikda onatilimiz faqatgina muloqot vositasi emas, balki millatning xotirasi, ma’naviykuch-quvvati va davlatchilik asosi ekani alohida ta’kidlanadi.
Prezident tabrigida “O‘z” degan ezgug‘oya tilga bo‘lgan munosabatning bosh mezoni sifatida ilgari surilgan. Bu yondashuvtomirlari olis ajdodlarimiz merosiga borib taqaladigan ona tilimizning dunyobilan erkin muloqot qilish, zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish hamda xalqma’naviyatini yuksaltirishdagi beqiyos imkoniyatlarini namoyon etadi. Davlat tiliningjamiyatdagi o‘rni va fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlashdagi roli bilan birqatorda, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlarning tillari,xususan, qoraqalpoq tilini rivojlantirishga qaratilgan uyg‘un siyosat jamiyatdabag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ta’lim tizimi va yoshlar tafakkurinishakllantirish jarayoniga alohida urg‘u berilib, til taraqqiyotining amaliy natijasio‘quvchi va talabalarning mantiqiy hamda teran fikrlashi, o‘z fikrini ravon bayoneta olishida namoyon bo‘lishi qayd etiladi. Shu bois, o‘zbek tilini ona tili vadavlat tili sifatida o‘rganayotgan o‘quvchilarning farqli ehtiyojlaridan kelibchiqib, darslik hamda o‘qitish usullarini yangilash dolzarb vazifa sifatidabelgilandi. Bundan tashqari, kitobxonlikni umummilliy harakatga aylantirish,bolalar adabiyoti, kutubxonalar va oiladagi suhbatlar tilga bo‘lgan mehrnimustahkamlovchi muhim omillar sifatida e’tirof etiladi.
Ayni paytda lotin yozuviga asoslangano‘zbek alifbosini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar tilsiyosatidagi tarixiy va amaliy qadamdir. Yozuv va imlo masalalarida asosiy mezonaholi uchun qulaylik, ilmiy asoslanganlik va amaliy tayyorgarlik bo‘lishilozimligi, islohotlar ortiqcha xarajatlarsiz va bosqichma-bosqich amalga oshirilishita’kidlandi. Alifbodagi muayyan harflarning aniqlashtirilishi yozuvdaginoqulayliklarni bartaraf etish, yoshlar savodxonligini oshirish, raqamli muhitdamatnlardan foydalanishni yengillashtirish hamda ta’lim, nashriyot va raqamli tizimlarmuvofiqligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Davlat idoralarining til siyosatidaginamunali roliga alohida to‘xtalib, qonun va qarorlar, rasmiy murojaatlar sodda,aniq va ravon tilda yozilishi lozimligi ta’kidlandi. Davlat tiliga bo‘lgan hurmat,eng avvalo, davlat xizmatining sifati va fuqarolarning o‘z huquqlarini osonanglashida namoyon bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, ilm-fan va tarjima sohasinirivojlantirish, tibbiyot, muhandislik, iqtisodiyot kabi yo‘nalishlarda zamonaviyilmiy manbalar va raqamli resurslarni o‘zbek tilida boyitish, Oksforduniversitetidagi “O‘zbekshunoslik dasturi” kabi xalqaro hamkorlik loyihalariorqali ona tilimizni dunyoga kengroq tanitish muhim vazifalar qatoridan o‘rinolgan.
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgandavrda o‘zbek tilini raqamli muhitga va sun’iy intellekt texnologiyalarigato‘laqonli integratsiya qilish eng dolzarb masalalardan biridir. Matn va nutqnibir-biriga aylantiruvchi texnologiyalarni yaratish, elektron lug‘atlar, avtomatiktarjima va tahrir vositalarini rivojlantirish orqali inklyuziv jamiyat talablarigamos holda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ham qulayliklar yaratish nazarda tutilgan.Sun’iy intellekt vositalarining davlat tilidagi sifati ularning insongaqanchalik aniq va foydali yordam berayotgani bilan baholanadi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, davlatimizrahbarining bayramtabrigi shunchaki muborakbod emas, balki o‘zbek tilining nafaqat davlatchilikasosi, balki kelajak tafakkuri, raqamli taraqqiyot va jahon sivilizatsiyasiningajralmas qismi sifatidagi yangi istiqbollarini belgilab bergan muhimdasturilamaldir. Alifboning takomillashtirilishi va til rivojiga oid ezgug‘oyalarning izchil tatbiq etilishi milliy o‘zligimizni yanada mustahkamlashga, davlattilining nufuzini yangi bosqichga ko‘tarishga hamda xalqimizni yagona va farovonkelajak sari jipslashtirishga xizmat qiladi.
A.G‘afforov,
O‘zA