Sharqda yasalgan har bir musiqiy asbobning uzoq tarixi bor. Olimlarning fikriga ko‘ra Eron, Afg‘oniston, O‘rta Osiyo xalqlarida bu qadimiy hunar hisoblanib, o‘rta asrlardan boshlab qashqar, afg‘on va pomir ruboblari hududda keng tarqalgan.
Bu sohada qadimiy sulola vakili, hozirda 77 yoshni qarshi olayotgan usta-hunarmand Rahmatilla Zokirov bolalikdan soz sehriga mahliyo bo‘lib, dutor, tanbur, sato yasashni boshlagan. Otasidan meros qolgan bu hunar ustozi Usmon Zufarov yordamida yanada sayqal topdi. Rahmatilla aka umrining asosiy qismini milliy cholg‘u asboblarining bardavomligini saqlashga va uni rivojlantirishga bag‘ishladi. Qadimiy ustachilik an’analarini o‘zlashtirib, kelgusi avlodga o‘z tajribalarini yetkazishga harakat qildi.
Har bir sozni tayyorlashda ukasi Shuhratulla Zokirov bilan maslahatlashadi. “Doni Zokirov nomidagi o‘zbek milliy xalq cholg‘ulari orkestri”da 6 yillik faoliyati davomida milliy cholg‘u asboblarimiz sirlarini puxta o‘rgangan Shuhratulla aka mohir usta tomonidan yaratilgan har bir sozni sinchkovlik bilan o‘rganadi, o‘zining xulosalarini beradi, so‘ngra buyurtmachilarga yetkaziladi. Bu xonadondan mashhur san’atkor va sozandalarning keti uzilmaydi. Xonadon sohibi egallagan hunaridan baraka topdi va bugungi kunda farovon hayot kechirmoqda. Mohir usta o‘zining yillar davomida to‘plagan tajribasini, kasb sirlarini bugungi avlodga ulashib kelayotir.
- Usta Husan otamning ismi. Bizni xalq ustazoda deyishadi. Otam rubobsozlikda juda mashhur bo‘lganlar. Bu sozni qayta hayotga olib kelgan, desam bo‘ladi. Chunki, 20-yillarda ham rubob chalinmas edi. Tanbur, g‘ijjak, chang, xattoki nay bor edi...
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/glc7duZhmiU" title="Oʻzbek sozining noyob ovozi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, O‘zA