O‘zbek shoiri xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi
Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY tomonidan venger shoiri Shandor Petyofi tavalludining 200 yilligi munosabati bilan turkiy tilli davlatlar ijodkorlari o‘rtasida o‘tkazilgan «She’riy tarjima» xalqaro tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi.
O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Turkmaniston davlatlarida yashab ijod qilayotgan ko‘plab shoir va tarjimonlar venger xalqining ardoqli farzandi, jahon she’riyatining buyuk namoyandasi Shandor Petyofi she’rlarini o‘z ona tillariga tarjima qilib, ushbu tanlovda qatnashdi.
Eng yaxshi badiiy tarjima asari mualliflari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar orasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon ham bor.
O‘zA