Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniya shtati Santa Klara shahrida joriy yil 26-28 iyul kunlari Silikon vodiysi Xalqaro ixtirochilar innovatsion festivali — “The Silicon Valley international invention festival (SVIIF)” bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston  Ixtirochi ayollar markazining xabar berishicha, mazkur xalqaro festival jahon ilm-fani, texnologiyalari sohasidagi yutuqlar va yaratilayotgan yangi texnologiyalarni o‘rganish hamda rag‘batlantirish maqsadida o‘tkaziladi.     

“SVIIF 2024” – festivalida 30 dan ortiq davlatdan kelgan 350 nafardan ziyod ixtirochi texnika, texnologiyalar, oziq-ovqat, tibbiyot, kimyo hamda sanoatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z ixtirolari va innovatsion ishlanmalari bilan qatnashdi.   

Shunisi diqqatga sazovorki, ilk bor ushbu Silikon vodiysi xalkaro ixtirochilar festivalida o‘zbekistonlik olima ayol, Toshkent davlat texnika universitetining “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi mudiri, O‘zbekiston  Ixtirochi ayollari markazi eksperti Parahat Matyakubova ishtirok etdi.     

U festival doirasida tashkil qilingan ko‘rik-tanlovda “Capacitive moisture meter for liquid products and pool materials” mavzusidagi ixtirosi bo‘yicha amalga oshirgan ilmiy ishlari va erishilgan natijalarni namoyish qildi.  

O‘zbekistonlik olima ayol, texnika fanlari doktori, professor Parahat Matyakubovaning ushbu ixtirosi xalqaro ekspertlar tomonidan yuksak baholandi.     

Hamyurtimiz festival doirasida tashkil kilingan tanlovda don mahsulotlari va qattik sochiluvchan materiallarning namligini nazorat qilish qurilmasi uchun olgan patenti “SVIIF-2024” — “The Finals” nominatsiyasi bo‘yicha “Ixtirochi mutaxassis maxsus sovrini” hamda oltin medal bilan taqdirlandi.    

Ixtiro natijalari don mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarga joriy qilingan, funksional imkoniyatlari kengayishi hisobiga yuqori iktisodiy samaraga erishilgan.  

 N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek olimasi AQSHda oltin medal bilan mukofotlandi