AOKAda O‘zbek milliy maqom san’ati markazi tomonidan mazkur markazning 2024 yildagi faoliyati: hisobot va natijalarga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

O‘zbek milliy maqom san’ati markazi bosh direktori Avazbek Shomurodov o‘tgan yil davomida maqom san’atini rivojlantirish, targ‘ib qilish va kelajak avlodga yetkazish yo‘lida samarali faoliyat olib borilayotganini e’tirof etdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning madaniy merosimizga e’tibori tufayli maqom san’ati yangi bosqichga ko‘tarilib, xalqaro miqyosda ham yuksak e’tirofga sazovor bo‘lmoqda.

Hisobot yilida Maqom markazi tomonidan 1 ming 316 ta madaniy tadbirlar tashkil etilib, ularga 430 ming nafardan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi. Ushbu tadbirlar doirasida konsert dasturlari, ijodiy uchrashuvlar va hamkorlik loyihalari amalga oshirildi.

Shuningdek, maqom san’ati xorijiy auditoriyaga ham keng targ‘ib qilindi. Xususan, 2024 yilda Maqom markazi tomonidan Tojikiston, Ozarbayjon, Vengriya, Latviya va Litvada o‘zbek maqom san’atini namoyish etish maqsadida gastrol safarlari uyushtirildi.

Maqom san’ati bo‘yicha yirik xalqaro tadbirlar ham yuksak saviyada o‘tkazildi. Jumladan, 27-30 iyun kunlari Zominda YUNESKO va ICESCO shafeligida II Xalqaro maqom san’ati anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda 84 mamlakatdan 400 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

26-30 avgust kunlari Samarqandda XIII Xalqaro “Sharq taronalari” musiqa festivali o‘tkazildi. Festival doirasida Maqom markazi tomonidan tashkil etilgan maqom san’ati va milliy liboslarga bag‘ishlangan tarixiy ko‘rgazmalar, xalq hunarmandlari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi. Festivalda 30 dan ortiq mamlakatdan 85 ga yaqin ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etdi.

2024 yilda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va O‘zbek milliy maqom san’ati markazi tomonidan respublika miqyosida 3 ta va xalqaro darajadagi 1 ta tanlov tashkil etildi. 

O‘tgan yilda Maqom markazi tomonidan 4 ta kitob nashr etildi. “Maqomlar nashidasi”, “Maqomlar fantaziyasi”, “Uvaysiyman”, “Konsert” deb nomlangan notalar to‘plami shular jumlasidandir. 

Maqom san’ati xalqimizning ruhiy boyligi va milliy g‘ururining yorqin timsolidir. Maqom markazi jamoasi ushbu bebaho san’atni asrab-avaylash, rivojlantirish va kelgusi avlodlarga yetkazish yo‘lida o‘z faoliyatini izchil davom ettiradi va kelgusi yillarda ham ushbu san’atni yanada keng targ‘ib etish maqsadida uning namunalarini zamonaviy raqamli platformalarga joylashtirish va raqamlashtirish ishlarini davom ettiradi. Shuningdek, bolalar uchun maxsus o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqish va joriy etish rejalashtirilgan.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek milliy maqom san’ati markazi faoliyati tahlil etildi