Yozuvchi va jurnalist Mirmuhsin 1895-yili Toshkentda tug‘ilgan. O‘zbek matbuotining asoschilaridan biri. 1916—17-yillarda Ufadagi “Oliya” madrasasida o‘qigan.

1917 yili Toshkentga qaytgan. 1917 yili “Fevral inqilobi” munosabati bilan “Turon” gazetasiga yozgan “Tarixiy ikki voqea” maqolasi katta janjalga sabab bo‘lgan. Sebzor qozikaloni hukmi bilan Mirmuhsinga o‘lim jazosi beriladi. Lekin bu hukm qamoq jazosi bilan almashtiriladi. Mirmuhsin qamoqdan qochib, Ufaga ketadi. Fuqarolar urushi boshlanib ketgach, Mirmuhsin Sharqiy frontning 1—5-armiyalari siyosiy bo‘limida jangchi-jurnalist sifatida xizmat qiladi.

1920 yilning boshlarida Toshkentga qaytib, dastlab “Ishtirokiyun”, so‘ng “Qizil bayroq”, “Turkiston” va boshqa gazetalarda muharrirlik qiladi. Mirmuhsinning hozircha ma’lum she’rlari 700 misra atrofida. Bundan tashqari, u hikoyalar, maqolalar yozgan. “Befarzand Ochildiboy” (1914) nomli birinchi o‘zbek romani muallifi. Adib ilm-ma’rifat orqali hamma odamlar baxtli, hayot esa farovon bo‘lishiga astoydil ishonadi, “avom”ni ilm olishga da’vat etadi. Xalqning og‘ir va mashaqqatli, fojiaga to‘la turmushini tasvirlaydi.  

"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi soni yozuvchi, jurnalist, o‘zbek matbuotining asoschilaridan biri Mirmuhsin Shermuhammedovning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlanadi.

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/yfFx4eRhvJ0" title="O`zbek matbuoti asoschilaridan biri Mirmuhsin Shermuhammedov " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek matbuoti asoschilaridan biri Mirmuhsin Shermuhammedov (+video)