O‘zbek kamonchilarining qit’a chempionatidagi matonati
Bangladeshda kamondan otish bo‘yicha davom etayotgan Osiyo chempionatida sportchilarimiz garchi yakkalik bahslarda omadli qatnashmagan bo‘lsa-da, aralash jamoaviy musobaqalarda matonatli ekanliklarini namoyish qilishdi.
O‘zbekistonning iste’dodli sportchilari Ziyodaxon Abdusattorova hamda Amirxon Sodiqov juftligi Qozog‘iston jamoasiga qarshi murosasiz kechgan chorak final bahsida ustunlikka erishib, yarim final “chiptasi”ga ega chiqishdi.
Biroq, oltin medal yo‘lidagi “jang”da vakillarimiz jahon maydoni xavosini olgan Janubiy Koreya sportchilariga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqa dasturiga binoan 19 noyabr kuni Hindiston jamoasi bilan bronza medali uchun bellashadigan bo‘lishdi.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA