O‘zbek ijodkorlari kitoblari rus va ozarbayjon tilida chop etildi
Nufuzli xorij nashriyotlari tomonidan o‘zbek ijodkorlari badiiy asarlarining kitob holida chop etilishi yaxshi an’anaga aylanmoqda. Ijodkorlarimizning sara asarlari shu zaylda dunyo yuzini ko‘rmoqda, kengroq targ‘ib qilinmoqda.
Yaqindagina O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Qo‘chqor Norqobilning «Ko‘zlaringni ko‘rmoq istayman» (Xochu uvidet tvoy glaza) nomli kitobi Moskvada chop etilgani va ko‘plab e’tiroflarga sazovor bo‘layotgani haqida xabar bergan edik. Yozuvchi, shoir va dramaturg Qo‘chqor Norqobilning «Qor ustida lola» (Tyulpan na snegu) nomli ikkinchi kitobi ham chop etildi. Unga adibning rus noshirlari tomonidan e’tirof etilgan bir qator hikoyalari kiritilgan.
Hosiyat Rustamovaning «44 kun» («44 gun») nomli kitobi ikki – o‘zbek va ozarbayjon tillarida chop etilib, unga shoiraning go‘zal, badiiy ifodalarga boy, nafis tuyg‘ularga yo‘g‘rilgan she’rlari kiritilgan.
D.Mamatova, O‘zA