O‘zbek adiblarining badiiy asarlari, she’rlari va publitsistik asarlari chet el nashrlarida chop etilmoqda.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Hosiyat Rustamova, Nargiza Asadova, Ma’mura Zohidova, Nodirabegim Ibrohimova va boshqalarning asarlari AQSH, Turkiya, Rossiya, Chili va boshqa o‘nlab mamlakatlarda chop etildi. O‘zbek adiblari Umid Ali, Qo‘chqor Norqobil, Isajon Sulton, Nazar Eshonqul, Ulug‘bek Hamdamlarning hikoya va qissalari ham xalqaro nufuzli jurnal va gazetalarda nashr etildi.

– Navbatdagi «Hovuchimdagi yulduz» kitobim Ukrainaning nufuzli nashriyoti – «Buragva» nashriyotida chop etildi, – deydi shoira Hosiyat Rustamova. – To‘plamdagi she’rlarni iste’dodli va tajribali tarjimon, professor Semyon Abramovich va taniqli shoir Dimitriy Burago mahorat bilan ukrain tiliga tarjima qilgan. She’rlarim Ukraina xalqiga manzur keladi, degan umiddaman.

Bundan tashqari, o‘zbek adiblari nufuzli adabiy tanlovlarda hakamlik qilmoqda. Nufuzli festivallarda ishtirok etib, bugungi kun o‘zbek adabiyotining ahvoli, yangi yozilgan asarlar haqida keng jamoatchilikka ma’lumot taqdim etmoqda.

Argentinada “MUNDIAL INSURGENCIAL CULTURAL” nomi ostida STREAMYARD platformasida xalqaro adabiy konferensiya o‘tkazildi. Anjuman har yili Argentinada “LA LUNA CON GATILLO” ijodkorlar harakati va “VOCES DEL VIENTO” adabiyot jurnali tashabbusi bilan o‘tkazib kelinadi. Unda tarixda o‘chmas iz qoldirgan jahon adabiyotining yirik namoyandalari ijodiy merosi o‘rganiladi.

Bu yilgi anjuman buyuk ispan shoiri Federiko Garsiya Lorka hayoti va ijodiga bag‘ishlandi. Anjuman ispan va ingliz tillarida tashkil qilinib, unda dunyoning Peru, Paragvay, Braziliya, Misr, Bangladesh, Italiya, Ispaniya, Shvetsiya kabi yigirmaga yaqin davlatidan yozuvchi va shoirlar qatnashdi. Shular qatorida O‘zbekiston nomidan taklif qilingan Farg‘onalik yosh nosir Sherzod Ortiqov ham qatnashib, Federiko Garsiya Lorkaning dunyo adabiyotida tutgan o‘rni, uning boshqa xalqlar adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi, she’riyati mohiyati va jozibasi, ijodidagi gumanizmning yuqoriligi xususida ma’ruza qildi. Onlayn anjumanda Lorkaning «G‘afur G‘ulom» nashriyoti tomonidan o‘zbek tilida chop etilgan «Eng qayg‘uli shodlik» kitobi xususida ham to‘xtalib, kitob tarjimoni bo‘lgan o‘zbekning zabardast shoiri Shavkat Rahmon iste’dodi va uni Lorkani mahorat bilan o‘zbek tiliga o‘girgani borasida ham o‘z fikrlarini bildirdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasidan ma’lum qilishicha, har yili Zominda an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan ijodkorlar seminariga qo‘shni va xorij davlatlardan ham yosh ijodkorlar taklif etiladi. Bu orqali o‘zbek adabiyotini kengroq targ‘ib qilish va yosh ijodkorlar o‘zaro fikr almashinishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Dilobar Mamatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek adiblari ijodi dunyo bo‘ylab yoyilmoqda