Mutaraqqiy Yevropaning nozikta’b ziyolilari bugun kimlarning asarlarini o‘qishni tavsiya etmoqda?

Qarorgohi Buyuk Britaniya poytaxti Londonda joylashgan inglizzabon Salvertjournal.com nufuzli internet jurnalida o‘ziga xos reyting – Markaziy va Sharqiy Yevropa, Rossiya va Markaziy Osiyo adiblarining yuzta asari ro‘yxati e’lon qilindi. Mazkur jurnal – Yangi Sharq deb atalgan ushbu keng makonning madaniyati, adabiyoti, innovatsiyalari, fotosan’ati va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan jahondagi yetakchi nashr. U yirik ilmiy tahlil markazi sifatida mintaqaning boy ijodiy imkoniyatlarini keng va chuqur o‘rganish maqsadida dunyoning yetakchi xalqaro kompaniyalari va universitetlari bilan hamkorlikda ish olib boradi.   

Reytingga ilova qilingan tahririyat maqolasi bunday satrlar bilan boshlanadi:

“Dadil ijodiy eksperimentlarga qo‘l urgan zamondosh yozuvchilaru mumtoz adiblarning asarlari, dillarga alanga soluvchi sayohatnomalaru unutilgan yodnoma-memuarlar – sobiq kommunistik rejim zulmidan xalos bo‘lgan mamlakatlarning adabiy, madaniy va ma’naviy olamiga mansub g‘oyat ulkan boylik haligacha ingliz tiliga tarjima qilinmagan. Bu – o‘zining siyosiy olatasirlari, talotumlariyu favqulodda barqarorligi bilan dunyoni hayratga solib kelayotgan mintaqa xalqlari asrlar osha orttirgan beqiyos tajriba ayni choqda insoniyatning bebaho ma’naviy mulkidir.

Biz taniqli yozuvchilar, shoirlar, mutarjimlar va olimlardan Markaziy va Sharqiy Yevropa, Rossiya va Markaziy Osiyo adiblari qalamiga mansub ingliz tilida chop etilgan eng yaxshi 100 asarni tanlashda yordam berishlarini iltimos qildik. Belgraddan Bishkekkacha, Varshavadan Vladivostokkacha bo‘lgan bepoyon mintaqadan saralab olingan benazir va shoyon e’tiborga molik bu asarlar turfa xalqlar, madaniyatlar, mamlakatlar va davrlarni qamrab olgan”.

Kitoblarini mutaraqqiy Yevropaning nozikta’b ziyolilari kamoli ixlos bilan mutolaa qilayotgan va boshqalarga ham o‘qishni astoydil maslahat berayotgan Lev Tolstoy, Fyodor Dostoyevskiy, Nikolay Gogol, Ivan Bunin, Uilyam Saroyan, Isaak Babel, Chingiz Aytmatov, Ivo Andrich, Aleksandr Soljenitsin, Vladimir Nabokov, Mixail Bulgakov, Yuriy Ritxeu, Sergey Dovlatov, Svetlana Aleksiyevich kabi so‘z san’atkorlari safida zabardast adibimiz Erkin A’zam va xorijda yashab ijod qilib kelayotgan iste’dodli vatandoshimiz Hamid Ismoil ham bor. 

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zamning “Heirs to the Great Sinner Sheikh San’on” (“Buyuk osiy Shayx San’on vorislari”) degan umumiy nom bilan Buyuk Britaniyada 2017 yili chop etilgan roman, qissa va hikoyalari jamlangan ushbu salmoqli to‘plamini Shekspir tiliga taniqli mutarjimlar A’zam Obid va Karol Yermakova o‘girgan. 

Kitob taqdimoti o‘z vaqtida YUNESKO shafeligida dunyoning yirik madaniyat markazlari – Parij, Vashington, London shaharlarida atoqli yozuvchilar, adabiyotshunoslar, diplomatlar, madaniyat va siyosat arboblari ishtirokida o‘tkazilgan va yuksak bahoga sazovor bo‘lgan edi. “Heirs to the Great Sinner Sheikh San’on” jahonga mashhur onlayn kitob do‘koni – Amazon.com tarmog‘ida sotuvga chiqarilgach, to‘plamning xalqaro bozordagi xaridori ko‘payib, qo‘lma-qo‘l bo‘ldi. Sinchkov munaqqidlar kitobning nafaqat ingliz, balki fransuz tilidagi tarjimasini ham tahlil va tafakkur chig‘irig‘idan o‘tkazib, katta baho berishdi.

“Erkin A’zam – hozirgi zamon o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri, – deyiladi Salvertjournal.com jurnali chop etgan tahliliy maqolada. – Ayni choqda u xalqaro kinofestivallarda nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan filmlarning ssenariy muallifi, pesalari O‘zbekiston teatrlarida sahnalashtirilgan dramaturg hamdir. “Buyuk osiy Shayx San’on vorislari”ni o‘qib, adib ijodining ko‘plab yangi qirralarini inkishof etasiz. Kitobdan joy olgan “Shovqin” romani 1990-yillarning avvalida Moskvaga davolanish uchun borgan o‘zbek kinodramaturgi boshidan kechirgan ajoyib voqealarga bag‘ishlangan. Og‘ir tumovdan qolgan asorat – adib qulog‘ida paydo bo‘lgan shovqin uning tinka-madorini quritadi. 

Asarda bu dard qulayotgan Sovet imperiyasining timsoliga aylanadi. Dunyo ostin-ustun, ne-ne taqdirlar, oilalar kunpayakun bo‘lib ketadi. Ana shunday dolg‘ali, mubham va mushkul zamonda adib so‘fiylar shayxi San’on haqidagi rivoyatni sahnaga olib chiqadi. Tarso qizga ko‘ngil qo‘ygan keksa pir butun borlig‘idan, hatto dinidan ham voz kechadi. O‘tmish va zamon, haqiqat va afsona, saltanat va inson – barcha-barchasi romandagi Shovqinga san’atkorona ruhda singdirib yuborilgan”. 

Ilk e’lon qilingan kezlarda “Shovqin” romani hozirgi o‘zbek adabiyotida yangicha tasvir uslubi bilan shov-shuvga sabab bo‘ladi, deb dadil fikr bildirgan munaqqidlar haq bo‘lib chiqdi. Erkin A’zamga xos obrazli vositalar – til, tasvir,  ramziylik, majoziylik, mistika, xayol, maktub, kinoya, yumor, nozik psixologizmning ko‘plab usullari yuksak mahorat bilan qo‘llanganki, barchasi roman badiiyligiga mukammallik bag‘ishlagan. Asar nozikta’b, yuksak saviyali kitobxonlarni ayniqsa o‘ziga rom etadi. Bunga uning Yevropada ham shuhrat qozongani yorqin dalildir.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek adibining yevropadagi e’tirofi