O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori, filologiya fanlari doktori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Xayrulla Hamidov tomonidan turk tiliga tarjima qilib, nashr etilgan “O‘zbek adabiyotidan tanlangan hikoyalar” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari G‘ayrat Majid mazkur to‘plam xorijdagi o‘zbek adabiyoti muxlislarini  mamlakatimiz so‘z san’atidagi zamonaviy jarayonlarni tanishtirish bilan birga, yangi tarjima asarlariga yo‘l ochishini ta’kidladi.  

–  Bu to‘plam nainki turkiyalik kitobxonlar, balki AQSH va boshqa davlatlarning kitobxonlarini o‘zbek adabiyotidan bahramand etadi, – dedi O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali. – Bugungi kitob taqdimoti xuddi bayram kabi o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga, ijodkorlarimiz to‘xtamasdan izlanishlari kerak, deb o‘ylayman.  

[gallery-21590]

– Kitobning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati haqida gapirmoqchi edim, – dedi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti prorektori Qudratilla Omonov. – Xalqlarni birlashtirishning eng oson yo‘li badiiy adabiyotning tarjimasidan boshlanadi. Bu kitob XX asr va hozirgi davr adabiyoti bilan turkiy ulus kitobxonlarini kengroq tanishtirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Yana bir jihati – ushbu kitob oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tarjimonlik sohasini o‘rganish bo‘yicha muhim bilimlar manbaidir.  

–O‘zbek mualliflarini dunyoga yanada kengroq tanishtirishda Xayrulla Hamidov tomonidan turk tiliga o‘girilgan ushbu kitob o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi, – dedi adabiyotshunos olim, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Adhambek Olimbekov. – O‘ylaymanki, kelgusida bu kitob haqida ko‘plab maqolalar e’lon qilinadi. Bu to‘plamning nashr etilishi tarjimashunoslik sohasida qo‘yilgan yirik qadamlardan biridir.  

Mazkur kitobda XX asrda yashab, buyuk asarlar yaratgan atoqli o‘zbek adiblari va hozirda faol ijod qilayotgan taniqli o‘zbek yozuvchilari qalamiga mansub eng sara asarlar, asosan, hikoyalarning turk tilidagi tarjimalari jamlangan. O‘zbek xalqining milliy o‘zligini aks ettiruvchi asarlarni tanlab olish, ularning mazmun-mohiyatiga daxl etmasdan tarjima qilish, badiiy-uslubiy xususiyatlarini saqlab qolishga intilish tarjima sohasidagi muvaffaqiyatli jihatlardan biri. Taniqli tarjimon Xayrulla Hamidov nashrga tayyorlagan to‘plam shunisi bilan muhim.  

Kitobdan Abdulla Qodiriyning o‘tgan asrning 20-yillarida yozilgan “Jinlar bazmi” va “Uloqda”, Oybekning 30-yillarda yozilgan “Fonarchi ota”, “Musicha”, Abdulla Qahhorning “San’atkor”, “Yillar”, “Kampirlar sim qoqdi”, “Kim aybdor” hikoyalari, Said Ahmadning “Mehribon”, “Ko‘klam chechaklari”, “Ko‘klam taronalari” hikoyalari, O‘lmas Umarbekovning “Abdulla qovunchi” va “Bahor nafasi” hikoyalari, O‘tkir Hoshimovning bir qator hikoyalari o‘rin olgan.  

O‘zbek xalqining turmush tarzi, urf-odatlarini adabiyot, xususan, badiiy tarjima orqali dunyoga tanitish bugungi kunning ustuvor vazifasi sanaladi. Shu nuqtai nazardan, XX asarning 50-70-yillari, ayniqsa 1991 yildan keyingi davrdagi zamonaviy o‘zbek adabiyoti vakillarining eng yirik asarlarini sharq tillariga, ayniqsa, hozirgi turk tiliga tarjima qilib, nashr etish muhim ahamiyat kasb etadi.  

Shuni ham aytish kerakki, o‘zbek adabiyotining namunalari turk tiliga asosan istiqlol yillarida tarjima etila boshlandi. O‘tgan 30 yildan ortiqroq vaqt mobaynida so‘z san’atimizning ko‘plab namunalari – romanlar, qissalar, hikoya va dostonlarimiz turk tiliga qardosh xalq tarjimonlari, ijodkorlari tomonidan  o‘girib kelindi.  

Hajmi, qamrovi jihatdan nihoyatda keng bo‘lgan ushbu kitob keyingi 100 yil, ya’ni 1920 yillardan boshlab, 2020 yillarga qadar bo‘lgan davrda ijod qilgan va bugun ham qalam tebratayotgan 20 nafardan ortiq yozuvchilar – Abdulla Qodiriydan boshlab to Risolat Haydarova hamda Ma’mura Zohidova kabi adibalarning hikoyalarini qamrab olgani bilan ahamiyatli. 

Taniqli yozuvchilarimizning tanlangan hikoyalari, qissalari jamlangan ushbu kitob O‘zbekistonda turk tilini o‘rganayotgan universitet va litsey yoshlari, turk tili va adabiyoti o‘qituvchilari, tarjimashunoslik, qiyosiy tilshunoslik, chog‘ishtirma adabiyotshunoslik sohalarida ilmiy izlanish olib borayotgan mutaxassislar hamda o‘zbek adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan tanishmoqchi bo‘lgan barcha kitobxonlarga manzur bo‘ladi.  

Nazokat Usmonova,  

Oybek Pardayev (surat),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbek adabiyotidan tanlangan hikoyalar” kitobi turk tilida chop etildi